105
Rama va ko‘tarib turuvchi elementlar (lonjeronlar, kuzov ustunlari)da hamda
transport vositasi ko‘priklari va agregatlari mahkamlangan joylarida zanglash,
buzilish,
darz va deformatsiyalar tekshiriladi.
Rama, ferma yoki ko‘tarib turuvchi kuzov to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lishi,
ularning elementlari bir-biri bilan mustahkam birlashgan bo‘lishi lozim. O‘qlarning
balkalarida darzlar va katta deformatsiyalar bo‘lmasligi, o‘q transport vositasiga yaxshi
mahkamlangan bo‘lishi kerak.
Burish sapfasida darzlar yoki deformatsiyalar bo‘lmasligi, shkvoren o‘q ayrisiga
mahkamlangan bo‘lishi, vtulkalar va sharsimon tayanchlar yeyilmagan bo‘lishi kerak.
Shkvoren birikmalaridagi radial va bo‘ylama tirqishlar, sapfani vertikal va yon
yo‘nalishlarida ishorasi o‘zgaruvchan siljitib tekshiriladi. Radial
tirqish indikator bilan,
bo‘ylama tirqish esa shchup bilan o‘lchanadi. Tirqishlar ikki holatda: g‘ildiraklar
ko‘tarib qo‘yilgan holatda va ko‘tarib qo‘yilmagan holatda o‘lchanadi.
Dostları ilə paylaş: