Avtomobil transporti muxandisligi


Transport vositasi tortish-iqtisodiy sifatini stendsiz diagnostikalash



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

15.5 Transport vositasi tortish-iqtisodiy sifatini stendsiz diagnostikalash
usullari
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish binolarining qimmatligi tufayli transport
vositasining tortish-iqtisodiy sifatini stendsiz diagnostikalash usullari keng tarqalmoqda.
Bunday diagnostikalashga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) karter moyining diagnost tahlili;
b) ishlatilgan gazlar tarkibi tahlili;
d) tebranishlar (akustika) parametrlari tahlili;
e) ishchi hajmlar zichligi tahlili (bosimning o‘zgarishi, siyraklanish, gazlarning
karterga o‘tib ketishi va h.k.).
Karter moyining spektral tahlili.
Karter moylari tarkibi va xususiyatlarini tahlil
qilishga asoslangan diagnostika usullari agregatlar texnik holatini diagnostikalash va
bashoratlash imkonini beradi.
Ishlatilgan gazlar tarkibining tahlili.
Benzinli motorlarning ishlatilgan
(chiqindi) gazlardagi uglerod oksidi va boshqa moddalarning miqdori gaz analizatorlari
yordamida o‘lchanadi.
15.5-rasm.
Diagnostikalash stendida
transport vositasi g‘ildiragiga ta’sir etuvchi
kuchning yo‘nalishi


104
Tebranishlar (akustika) parametrlarining tahlili.
Vibroakustik usullar faqat
motorni diagnostikalashda emas, balki boshqa uzel va mexanizmlar, masalan,
transmissiya diagnostikasida ham qo‘llanishi mumkin.
Ishchi hajmlar zichligining tahlili
(bosimning o‘zgarishi, siyraklanish,
gazlarning karterga o‘tib ketishi va h.k.)
.
Motorning bosh moy magistralidagi moyning
bosimi tez-tez tekshirilib turilishi kerak, shuning uchun uni o‘lchashda transport
vositasining asboblar taxtachasida joylashgan doimiy o‘rnatilgan vositalar – chegaraviy
holat signalizatorlari va bosim ko‘rsatkichlarini qo‘llaydilar. Avtokorxona sharoitlarida
silindrlar blokidagi moy bosimi datchigi o‘rniga ulanadigan namunaviy manometrlardan
foydalaniladi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə