Avtomobil transporti muxandisligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

16.2 Ekologik me’yorlar
Ekologik me’yorlar GOST 17.22.03-87 va GOST 21393-75da keltirilgan. Oxirgi
vaqtda ko‘pgina davlatlar ishlatilgan gazlardagi zaharli chiqindi moddalarni
me’yorlovchi xalqaro standart –“Yevro” qoidasiga o‘tmoqdalar (16.1-jadval).
16.1-rasm.
Dvigatellarni
kompyuterli diagnostikalash


107
16.1-jadval
“Yevro” qoidalariga binoan zaharli chiqindi moddalarning me’yoriy miqdorlari
Me’yorlar
Uglerod oksidi
(SO) miqdori,
g
/
kVt soat
Uglevodorod
(SN)miqdori,
g
/
kVt soat
Azot oksidi
(NO
X
) miqdori,
g
/
kVt soat
Amalga
kiritilgan yil
Yevro I
2,72

Yig‘indisi 1,97
1992
Yevro II
2,2

Yig‘indisi 0,50
1996
Yevro III
2,3
0.2
Yig‘indisi 0,15
2000
Yevro III
(atmosfera
harorati
minus 7
0
S
bo‘lganda)
15
1.8
Me’yorlanma-
gan
2000
16.3 Texnik diagnostikaning samaradorligi
Transport vositasiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash davrida
ishonchlilik statistikasi va yakka diagnostik axborot ishlatiladi. Statistik axborot
transport vositalarining buzilishi bo‘yicha yig‘ilgan axborotga ishlov berish natijasida
olinadi, yakka diagnostik axborot esa transport vositasining texnik holat
ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan topiladi.
Statistik axborot ma’lum ehtimollik bilan texnik xizmat ko‘rsatish va joriy
ta’mirlash ishlari mehnat hajmini reglamentlaydi, diagnostika asosida esa ushbu ishlar
mehnat hajmini ko‘rilayotgan transport vositasi bo‘yicha aniqlaydi.
Diagnostik axborotni qo‘llash natijasida texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini rejali-
ogohlantiruv prinstipi asosida o‘tkaziladi, bu esa buzilish natijasida vujudga keladigan
ta’mirlash ishlari sarf-xarajatlarini kamaytiradi.
Texnik diagnostikalash vositalari majmuini transport korxonasida tatbiq etish
natijasida olinadigan yillik samaradorlik tejalgan moddiy qiymatlar yig‘indisidan iborat.
Diagnostikaning yillik iqtisodiy samaradorligini aniqlashda diagnostikasiz va
diagnostikalashni qo‘llagandagi variantlarni taqqoslash va quyidagi omillarni hisobga
olish lozim:
-
yangi diagnostikalash vositasi tatbiq etilganidan so‘ng ishlab chiqarish
ishlarining hajmi;
-
vaqt omili;
-
diagnostikalash vositasini ishlab-chiqarishda qo‘llashga bog‘liq bo‘lgan joriy
ta’mirlash omillari (ta’mirlovchi ishchilarning ishlash sharoiti va xavfsizligini
ta’minlash, chiqindi gazlarning zaharliligini yo‘qotish va hokazo).
Diagnostikalashni qo‘llash natijasida olinadigan iqtisodiy samaradorlikni
haqqoniy va to‘liq hisoblash uchun quyidagilarni aniqlash talab etiladi:
– tashish tannarxining kamayishi;
– foydaning o‘sishi;
– materiallarning tejalishi;
– diagnos sarmoyalarning qoplanish muddati;


108
– ta’mirlash ishlarining shartli qisqarishi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlarga asoslanib, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy
ta’mirlash ishlariga ketadigan sarf-xarajatlar quyida keltirilgan shartni qoniqtirsa, texnik
diagnostikalashni qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
jt
txk
d
jt
txk
C
C
-
-
<
(16.1)
bu yerda:
jt
txk
C
-
– diagnostika qo‘llanilmagandagi texnik xizmat ko‘rsatish va
joriy ta’mirlash ishlariga ketadigan yillik sarf-xarajatlar, so‘m;
d
jt
txk
C
-
– diagnostika qo‘llanilgandagi texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash
ishlariga ketadigan yillik sarf-xarajatlar, so‘m.
Korxonalarda diagnostikalash jarayonini tatbiq etish uchun diagnostik jihozlarni
olish, o‘rnatish, joriy ekspluatatsiyasi va amortizatsiyasi bo‘yicha ma’lum kapital
mablag‘lar sarflash talab etiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, diagnostikani qo‘llash natijasida transport
vositalarining ta’mirlashlarda turib qolishlari kamayadi va natijada avtosaroy bo‘yicha
texnik tayyorgarlik koeffitsienti o‘sadi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə