96
Afzalliklari: yuqori darajadagi aniqlik; tormozlarni sinash vaqtida barabanlarning
kichik tezliklarda aylanishi stendning yuqori texnologik moyilligini ta’minlaydi.
Kamchiliklari: ko‘p metal va energiya hajmliligi. Bu stendlar
nazorat operastiyasida
ishlatishda qo‘l keladi, masalan, tormoz samaradorligini o‘lchagandan so‘ng, kerak
bo‘lsa, sozlash ishlari olib borilib, keyin bajarilgan ishlar sifatini qaytadan nazorat
qilishga qulay bo‘ladi.
Stendda sinash.
Tormoz xususiyatlarining nazorati ko‘proq
stend sinovlari uslubi
bilan olib boriladi, chunki yo‘l sinovlarining ish hajmlari ko‘proq va katta sathdagi
maydonlarni talab etadi.
Ishchi, zaxira va bekat (to‘xtagandagi)
tormoz tizimlari, tormozlanish
samaradorligi parametrlari bo‘yicha stend sharoitida tekshirilganda,
solishtirma tormoz
kuchining umumiy qiymati aniqlanadi. Pnevmatik yuritmali ishchi tormoz tizimi
tormozlanish samaradorligi parametrlari bo‘yicha tekshirilganda tormoz tizimining
ishlab ketish vaqti yoki tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqti aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: