Avtomobil transporti muxandisligi


Shina, g‘ildiraklarni diagnostikalash



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

14.6 Shina, g‘ildiraklarni diagnostikalash
Transport vositasining harakat xavfsizligiga shina va g‘ildiraklarning ta’siri katta.
Shinadagi bosimning miqdori me’yoriy miqdorlardan kam bo‘lmasligi va oshib ham
ketmasligi shart. Shina protektorining qoldiq balandliklari quyidagilardan kam
bo‘lmasligi kerak: yengil avtomobillarda – 1,6 mm; yuk avtomobillarda – 1,0 mm;
avtobuslarda – 2,0 mm. Yirtilgan, kordlari chiqib qolgan va protektorlari qatlamlarga
ajralgan shinalarni ekspluatatsiya qilish hamda transport vositasining bir o‘qiga
(ko‘prigiga) har xil turdagi shinalarni qo‘yish qat’iyan man etiladi.
Shina murakkab texnologik buyum bo‘lib, ko‘p sonli va har xil sifatli rezina
aralashmasidan, po‘lat, tekstil, sintetik materiallardan iborat. Buning natijasida
disbalans – massaning bir maromda taqsimlanmasligi oqibatida nomuvozanatlik
vujudga keladi.
G‘ildirak aylanganida o‘zgaruvchan, markazdan qochirma kuch hamda o‘qda
o‘zgaruvchan aylantirish momenti hosil bo‘ladi, g‘ildirak, rul boshqaruvi va osma
elementlarining tebranishiga olib keladi. Harakat xavfsizligi pasayadi, qulaylik
yomonlashadi, osma va shina elementlarining barvaqt buzilishi ro‘y beradi.
Shinalarning yeyilishiga g‘ildiraklarning muvozanatlanmaganligi ham ta’sir etadi.
Agar g‘ildirakning muvozanatlanmaganligi (disbalansi) ruxsat etilgan chegaradan oshib
ketsa, shinalar yeyilishi diagnosti chetki yo‘lkalarida aylana bo‘yicha bir me’yorda
joylashgan ayrim dog‘lar shaklida namoyon bo‘ladi va faqat muvozanatlanmagan
g‘ildirak bilan uzoq yurilganda markaziy yo‘lka ham yeyiladi. Bunga o‘xshash yeyilish
g‘ildirakning yuqori yon urishida vujudga keladi, masalan, diskning egilgan holatida.
Oldingi g‘ildiraklarning aylanmasdan siljishi bilan birga kechadigan tormozlanishlari,
aylana bo‘yicha bir me’yorda joylashmagan, shina protektorining butun eni bo‘yicha
ayrim dog‘lar shaklidagi yeyilishga olib keladi. Bunday yeyilish g‘ildirak disbalansini
va keyinchalik shinaning jadal yeyilishini vujudga keltiradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə