Avtotransport va atmosfera havosi



Yüklə 84,7 Kb.
səhifə12/15
tarix24.06.2023
ölçüsü84,7 Kb.
#118845
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
garbalogiya 15 talik mavzu 3 list

Chang yig'uvchilar.Chang yig'ish moslamalari tezligi (changni yig'ish kameralarida) va harakatlanish yo'nalishi o'zgarganda changni zararli havo zarralarini tortib olish uchun tortishish yoki inertsial kuchlardan foydalanishga asoslangan qurilmalardir (changni yig'ish kameralarida) va harakatlanish yo'nalishi (yakka va batareyali siklonlar, inersiya va aylanma chang yig'uvchilar).
Chang yig'uvchilar havodagi chang miqdori 150 mg / m 3 dan oshganda qo'llaniladi.
Chang xonalari.  Ushbu kameralar zarracha hajmi 100 mkm dan ortiq bo'lgan qo'pol va og'ir changni to'plash uchun ishlatiladi. Kameraning kesishgan qismidagi changli havo tezligi kichik deb taxmin qilinadi - taxminan 0,5 m / s, shunda chang uni xonadan chiqib ketguncha joylashishi mumkin. Shuning uchun kameralarning o'lchamlari juda katta, bu aniq afzalliklarga qaramay - ulardan foydalanishni cheklaydi - past gidravlik qarshilik, arzon ishlash va texnik xizmat ko'rsatish qulayligi.

Qayerda va - tozalashdan oldin va keyin chang miqdori, mg / m 3.


Havoni changdan tozalash qo'pol, o'rta va nozik bo'lishi mumkin. Dag'al havo qo'pol changni ushlab turadi (zarrachalar hajmi\u003e 100 mm). Bunday tozalashni, masalan, ko'p bosqichli tozalashda yuqori changli havoni oldindan tayyorlash uchun foydalanish mumkin. O'rtacha tozalash paytida zarracha hajmi 100 mikrongacha bo'lgan chang saqlanib qoladi va uning oxirgi tarkibi 100 mg / m 3 dan oshmasligi kerak. Yupqa tozalash shunchalik nozik changning (10 mikrongacha) saqlanib qolishi va ta'minoti va aylanma tizimlari havosida 1 mg / m 3 gacha.


ICHKI SUV RESURSLARNI IFLOSLANISH
Xozirgi paytda suv havzalarini ifloslanishini oldini olishga juda katta ahamiyat berilgan. Maishiy xo`jalik va sanoat korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar ma`lum bir inshoatlarda tozalanib, ularni yana suv havzalariga oqiziladi. Shu bilan birga suv havzalarni ma`lum darajada iflostantiriladi. Keyingi yillarda xukumatimiz va davlatimiz tomonidan qator qarorlar qabul qilinib, ular asosan suv havzalarining sanitariya holatlarini yahshilashga qaratilgandir.
Bu qarorlarda bir qator tadbirlar ishlab chiqarish va ularni hayotga tatbiq qilish mo`ljallangan. Suv havzalariga tashlanadigan tozalangan oqava suvlarning tozalash miqtori darajasiga juda katta talablar quyilmoqda. Shu maqsadda suv havzalarining sanitariya holatini yahshilashda quyidagi tadbirlar amalga oshirish mo`ljallangan:

  • Oqava suvlarni tozalovchi kanalizatsiya inshoatlarini qurishni jadallashtirish;

  • Oqava suvlarni yanada chuqurrok tozalash, ularning sifatini yanada yuqoriroq kutarish uchun;

  • Sanoat korxonalarida texnologik jarayon uchun sanoat korxonalaridagi tozalangan suvlarni qayta ishlatish yoki birnechabor ishlatish usuliga o`tish;

  • Sanoat korxonalaridagi suv xo`jaliklarini butunlay tutashtirilgan usulga o`tqazish bilan, suv havzalariga oqava suvlarni butunlay oqizmaslik;

  • Tozalangan oqava suvlarni sug`orish ishlarida ishlatish, sanitariya holatlarini hisobga olgan holda;

  • Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni suv ishlatilmaydigan jarayonlarga o`tkazish.

Oqava suvlarning tarkibi, xossalari va cho`kindilari.


Kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan ifloslarni asosan quyidagi turlarga bo`lish mumkin:

  • Mineral chiqindilar;

  • Organik chiqindilar;

  • Bakterial chiqindilar;

  • Radiaktiv chiqindilar.

Mineral chiqindilarga quyidagilar kiradi: qum, tuproq zarrachalari, ruda zarrachalari, shlak, suvda erigan tuzlar, kislotalar, ishqorlar va boshqa shunga o`xshash moddalar.
Organik chiqindilar hosil bo`lish sharoitiga va turiga ko`ra ikki turga bo`linadilar: o`simlikdan hosil bo`lgan, jonivorlardan hosil bo`lgan.
O`simlikdan hosil bo`lganlariga o`simliklar, mevalar, sabzavotlar qoldiqlari, qog`oz, o`simlik moylari va boshqalar kiradi. Bu chiqindilarga kiruvchilar tarkibidagi asosiy kimyoviy modda-uglerod.
Jonivorlardan hosil bo`lgan chiqindilarga odamlar va hayvonlardan fizologik ajralgan ifloslar, jonivorlarning to`qima qoldiqlari, organik kislotalar va boshqalar kiradi. Bu chiqindilarga kiruvchilar tarkibidagi asosiy kimyoviy modda-azot.
Maishiy xo`jaliklardan chiqadigan oqava suvlar tarkibi taxminan 60%ni organik chiqindilar va 40%ni mineral chiqindilar tashkil qiladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar tarkibidagi chiqindilar miqtori boshqacha bo`lishi mumkin, ularning miqtori korxonada ishlov beriladigan maxsulotning turkumiga va texnologik jarayoniga bog`liq bo`ladi.
Bakterial ifloslarga tirik mikrojonzodlar kiradi- xamirturish, mug`or zamburug`i, mayda yo`sin va har xil bakterialar. Maishiy xo`jalik oqava suvlarida kasal tarqatuvchi bakterialar ham bo`ladi, dizinteriya, tif, gijja odamlarning va hayvonlarning fizologik chiqindilari bilan birga oqava suv tarkibiga tushishi mumkin.
Sanoat chiqindilaridan chiqadigan oqava suvlar tarkibida ham kasal tarqatuvchi bakterialar bo`lishi mumkin (teriga ishlov beradigan, junlarga ishlov beradigan korxonalarda, kushxonalar va boshqalar).
Oqava suvlardagi chiqindilar o`zining fizikaviy holatiga ko`ra suv tarkibida quyidagi holatlarda bo`lishi mumkin:
- erigan, kolloidli, erimagan.
Erimagan moddalar oqava suv tarkibida zarrachalarining kattaligi 100 mk katta va zarrachalarining kattaligi 100–0,1, 1 mk bo`ladi. Ilmiy tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, maishiy-xo`jalik oqava suvlar tarkibida erimagan cho`kindilar miqdori ma`lum miqdorda uzgarmas bo`ladi va uning son qiymati bir odamga sutkada 65 g to`g`ri keladi.
Erimagan moddalar oqava suv tarkibida bo`lakchalarning katta kichikligi - solishtirma og`irligi, hamda oqava suvning oqish tezligiga qarab suvning yuzasida suzib yurishi (yog`, qog`oz, yog`och bo`lakchalari va xakozo), muallaq holatida yoki cho`kma shaklida quvurlarning tubida sudralib oqishi mumkin.
Oqava suvlardagi aralashmagan moddalar ikki turga bo`linadi:

  • cho`kadigan;

  • cho`kmaydigan.

Cho`kadigan moddalar - 2 soat davomida 0,5 l hajmli kichik bo`lmagan shisha idishda cho`kadigan moddalarga aytiladi. Cho`kmaydigan moddalar - 2 soat davomida cho`kmaydigan moddalarga aytildi. Aytilgan 2 soat davomida chqkishi ixtiyori olingan, cho`nki moddalar tindirgichlarda 2 soatdan oshmagan vaqt davomida cho`ktiriladi.
Kolloidli eritmani oqava suvdagi asosan gidrofilli va gidrofabli kolloidlar hosil qiladi. Gidrofilli kolloidlar dispertsiyali zarrachalarni suv molekumlari bilan birlashtirish qobiliyatiga egadir, dispertsiyali muhit bo`lib xizmat qiladi. Ular asosan organik birikmalardan, katta molekulyar og`irlikka ega bo`lgan uglevod, oqsil, organik moddalari va mikrojonzodlardan tashkil qiladi.
Gidrofabili kolloidlar dispertsiyali zarrachalarni suv molekulyarlari bilan birlashtirish qobiliyatiga ega emaslar va ularga loy, temir, alyumin oksidlari, kulsizlantirilgan ko`mir va boshqalar kiradi.
Oqava suvlarni ifloslantiradigan organik moddalar tarkibidagi uglerodlardan tashqari yana fosfor, kaliy, natriy va xlor tuz shaklida bo`ladi, temir va boshqalar.
Oqava suv tarkibidagi organik iflos moddalar bakterialar rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shuning uchun oqava suvlarni tozalashda ularning

Yüklə 84,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə