Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasi: 
Tashkilotlarda xavfsizlik siyosatini ishlab chiqishda turli hujjatlardan 
foydalaniladi. Ushbu hujjatlarni ishlab chiqish xavfsizlik siyosatining 
iyerarxiyasining sathi va uning soniga bog‗liq. 

Qonunlar. 
Qonunlar iyerarxiyaning eng yuqori sathida joylashgan bo‗lib, ular 
tashkilotdagi har bir xodim amalga oshirishi kerak bo‗lgan vazifalarni o‗z 
ichiga oladi. Ushbu qonunlarga amal qilmagan har bir xodim uchun 
javobgarlik choralari ko‗rilishi shart bo‗ladi. 

Normativ hujjatlar. 
Normativ hujjatlar iyerarxiyadagi ikkinchi tashkil etuvchi 
bo‗lib, ular xodimlarning qonunlarga rioya qilishini kafolatlaydi. Normativ 
hujjatlar xavfsizlik siyosati qonuniga mos bo‗lgan yo‗l yo‗riq ko‗rsatuvchi 
hujjatlar to‗plami bo‗lib, ular hukumat yoki ijtimoiy normativ hujjatlardan 
tashkil topadi. 

Siyosatlar. 
Siyosatlar yordamida tashkilot shaxsiy tarmoq xavfsizligi uchun 
qonuniy ichki tarmoq talablarini yaratadi. Siyosat turli muolajalardan iborat 
bo‗lib, ular tashkilot uchun xavfsizlik arxitekturasini ko‗rsatadi. Ushbu 
siyosatlarning amalga oshirilishi tashkilotga standartlarni o‗rnatish va risklarni 
boshqarish kabi vazifalarni bajarishiga imkon yaratadi. 

Standartlar. 
Standartlar siyosatni amalga oshirish usullarini tavsiflaydi va 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Standartlar korxona siyosatiga 
ixtiyoriy va mandatli aloqador bo‗lib, ishlab chiqilgan standartni ma‘lum 
vaqtdan so‗ng o‗zgartirish talab etilmasligi zarur. Shuningdek, standartlar 
texnologiya, qurilma va dasturiy vositaga bog‗liq holda xavfsizlik nazoratini 
o‗z ichiga oladi. 

Yo„riqnomalar. 
Yo‗riqnomalar tashkilot siyosati va standartlarini amalga 
oshirish strategiyasini aniqlab, tashkilotning tahdidlarga qarshi tura olishida 


29 
yordam beradi. Shuning uchun, tashkilot xodimlari yo‗riqnomalarni bajarish 
uchun, maxsus o‗qitiladi. 

Muolajalar. 
Muoalajalar tashkilot siyosatini amalga oshiruvchi ketma-ket 
bosqichlar to‗plami bo‗lib, ularni amalga oshirishda imtiyozga ega subyektdan 
tasdiq talab etiladi. Muolajalar quyidagi savollar asosida ishlaydi: 
-
kim nimani bajaradi? 
-
ular qanday bosqichlarga ega? 
-
ular qaysi shakl va hujjatlardan foydalanadilar? 

Umumiy qoidalar
. Umumiy qoidalar tanlovga ko‗ra maslahatlar bilan 
ta‘minlovchi hujjat bo‗lib, ulardan biror maxsus standartlar bo‗lmagan holda 
foydalaniladi. Umumiy qoidalar tavsiyalar sifatida bo‗ladi va tashkilotlar 
ularni rad eta olmaydi. Umumiy qoidalarni amalga oshirish risklarni 
kamaytirsada, biznes talablari o‗zgarganida umumiy qoidalarni ham 
o‗zgartirish tavsiya etiladi. 
Xavfsizlik siyosati quyidagi xususiyatlarga ega bo‗lishi shart: 

Qisqa va aniq
: xavfsizlik siyosati infrastrukturada joriy qilishda qisqa va aniq 
bo‗lishi shart. Murakkab xavfsizlik siyosati tushunish uchun qiyin bo‗lib, 
xodimlar tomonidan kutilgani kabi amalga oshirilmaydi. 

Foydalanuvchan bo„lishi
: siyosat tashkilotning turli sektorlari bo‗ylab oson 
foydalanishli yozilishi va loyihalanishi shart. Yaxshi yozilgan siyosatlar 
boshqarishga va amalga oshirishga oson bo‗ladi. 

Iqtisodiy asoslangan bo„lishi
: tashkilotlar tejamkor va o‗z xavfsizligini 
kuchaytiruvchi siyosatni amalga oshirishlari shart. 

Amaliy bo„lishi
: siyosatlar reallikka asoslangan amaliy bo‗lishi kerak. Real 
bo‗lmagan siyosatning amalga oshirilishi tashkilotga muammo tug‗diradi. 
Barqaror bo‗lishi: tashkilot o‗zining siyosatini amalga oshirishda barqarorlikga 
ega bo‗lishi kerak. 

Mulojaviy bardoshli bo„lishi
: siyosat muolajalari amalga oshirilganida, ular ish 
beruvchi va ishlovchiga mos bo‗lishi kerak. 

Kiber va yuridik qonunlarga, standartlarga, qoidalarga va yo„riqnomalarga 
mos bo„lishi
: amalga oshiriluvchi ixtiyoriy siyosat kiber qonunlar asosida 
ishlab chiqilgan qoidalar va yo‗riqnomalarga mos bo‗lishi zarur. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə