Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Axborot xavfsizligi arxitekturasi va uning sathlari mohiyati. 
2.
Axborot xavfsizligi strategiyasi tushunchasi. 
3.
Korxona arxitekturasini tuzishda xavfsizlik strategiyasi va arxitekturasining o‗rni. 
4.
Axborot xavfsizligi siyosati va uning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
5.
Xavfsizlik siyosati nima uchun zarur? 


Ma‟lumot 
Kali
3
t

Kriptotizim 
Shifrmatn 
5-
ma‘ruza 
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi 
Reja: 
1.
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari. 
2.
Kriptografiya va steganografiya. 
3.
Kriptografiyaning asosiy bo‗limlari. 
4.
Kriptografik akslantirishlar. 
Tayanch iboralar: 
Kriptologiya, Kriptografiya, Kriptotahlil, Kripto, 
Shifrlash, Kalit, Deshifrlash, Kerkxofs prinsipi, Kodlash, ASCII, Xesh funksiya, Bir 
martali bloknot. 
5.1
 
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari. 
Kriptologiya 
(grekchada 
kryptos 
- ―sirli‖ va 
logos 
-―xabar‖) deganda aloqa 
xavfsizligi haqidagi fan tushuniladi. U aloqa kanallari orqali axborotning 
xavfsizligini ta‘minlab saqlash hamda uzatish tizimlarini yaratish va tahlillash 
to‗g‗risidagi fandir. Kriptologiya ikki ilmiy irmoqqa ajraladi. Bular kriptografiya va 
kriptotahlildir. 
Kriptografiya 
axborot almashtirish tamoyillari, vosita va usullari bilan 
shug‗ullanadigan fan sohasi bo‗lib, uning maqsadi axborot mazmunidan beruxsat 
erkin foydalanishdan muhofazalash va axborotni buzishning oldini olish 
hisoblanadi. 
Kriptotahlil 
shifrni yoki har qanday boshqa shakldagi kriptografiya 
obyektining sirini ochish san‘ati va ilmi bo‗lib, kalitni bilmasdan turib shifrlangan 
matndan dastlabki matnni olish yoki dastlabki matn va shifrlangan matn bo‗yicha 
kalitni hisoblash jarayonidir. 
Kalitdan foydalangan holda alohida qoidalar bo‗yicha ochiq (dastlabki) 
ma‘lumotlar to‗plamini shifrlangan ma‘lumotlar to‗plamiga almashtirish uchun 
amalga oshiriladigan qaytar almashtirishlar majmui 
shifr 
deb ataladi. 
Dastlabki ochiq matnni uning ma‘nosini berkitish maqsadida shifrlangan 
ma‘lumotga o‗girish natijasi 
shifrmatn 
(shifrma‘lumot) deb ataladi. 
Keng ma‘noda 
axborotni shifrlash 
deganda shifrmatnga o‗girish jarayoni 
tushuniladi. 
Dastlabki ma‘lumotlar (axborotlar)ni shifr (kalit) yordamida shifrlangan 
ma‘lumotlarga almashtirish jarayoni 
ma‟lumotlarni shifrmatnga o„girish (yoki tor 
ma‟noda shifrlash) jarayoni 
deyiladi. 


34 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə