91
DNS (Domain name system). DNS tizimlari host nomlari va Internet
nomlarini IP manzillarga o‘zgartirish yoki teskarisini amalga oshiradi. DNS o‘z
ilovalarini TCP/IP tarmog‘idan qidiradi. DNS xizmati
foydalanuvchi tomonidan
kiritilgan DNS nomini mos IP manzilga o‘zgartirib beradi. Masalan, DNS xizmati
www.example.com domen nomini 192.105.232.4 IP manziliga o‘zgartirib beradi.
TCP protokoli. TCP protokoli ulanishga asoslangan protokol bo‘lib, Internet
orqali ma‘lumotlarni almashinuvchi turli ilovalar uchun tarmoq ulanishlarini
sozlashga yordam beradi. TCP mavjud kompyuter bir tarmoqda turgan yoki boshqa
tarmoqdagi foydanuvchi kompyuteriga ma‘lumotni
yuborish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. TCP protokoli qabul qiluvchi tomonida manbadan uzatilgan barcha
xabarlarni qabul qilinganini kafolatlaydi. TCP protokoli xabarni barchaga uzatmaydi
(broadcasting imkoniyati mavjud emas), ya‘ni, paket aynan faqat masofadagi
foydalanuvchiga yetkaziladi. www, e-mail, masofadan turib boshqarish yoki fayl
transferini amalga oshiruvchi ilovalar o‘z vazifasini TCP protokollari asosida amalga
oshiradi.
UDP protokoli. UDP ulanishga asoslanmagan protokol bo‘lib,
Internetda
ilovalar orasida kam kechikishli va past chidamlilik darajasidagi aloqani ta‘minlaydi.
TCP protokolidan farqli, UDP protokoli ma‘lumotlarni to‘liq yetib kelishini
kafolatlamaydi. UDP protokoli ma‘lumotni raqamlangan paketrlar shaklida emas,
balki, tarmoq bo‘ylab datagramma shaklida uzatadi. UDP protokolidan odatda o‘yin
va video ilovalar tomonidan keng foydalaniladi.
IP (Internet Protocol) protokoli. IP protokoli TCP/IP
aloqa protokollari
to‘plamida taqdim etilgan tarmoq sathida ishlovchi protokol bo‘lib, ma‘lumotni
yuborishdan oldin aloqa o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan manzil ma‘lumotlari bilan
ta‘minlaydi. IP protokolining ikki versiyasi mavjud: Internet protocol version 4
(IPv4) va Internet protocol version 6 (IPv6). IPv4 protokoli amalda keng
qo‘llaniluvchisi bo‘lib, 32-bitli manzillashdan foydalanadi. IPv6 da esa manzilni
ifodalash uchun 128 bit xotira ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: