Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

13.3
 
Fizik xavfsizlikka ta‟sir qiluvchi omillar 
Fizik xavfsizlikka ta‘sir qiluvchi omillar. Fizik xavfsizlikning buzilishiga ta‘sir 
qiluvchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin: tabiiy/ muhit tahdidlari va inson 
tomonidan (sun‘iy) amalga oshiriluvchi tahdidlar. 
Tabiiy tahdidlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg‘ir va muzlarning erishi 
natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr ta‘minotiga va 
server xonalariga zarar yetishi mumkin. Odatda tashkilotlarda server xonalari binolar 
yerto‘lasida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko‘proq zarar yetkazishi mumkin. 
Yong‘inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari sababli yuzaga 
keladi. Yong‘in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va ishchi binolari hamda 
qurilmalar, kabellar va boshqa muhim tashkil etuvchilarga to‘liq yoki qisman zarar 
yetkazilishi mumkin. 
Zilzila yer qobig‘ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya natijasida 
to‘satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta‘sir etib, tashkilot 
ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter va boshqa qurilmalarga va hujjatlarga 
jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. 
Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelib, 
barcha tashqi faoliyatning to‘xtatilishaga olib keladi. Chaqmoq va momaqaldiroq 
natijasida elektr quvvati o‘zgarib, ish faoliyatiga ta‘sir qiladi va tashkilotdagi 


87 
qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari, chaqmoq va 
momaqaldiroq natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar 
yuzaga kelishi mumkin. 
Hisoblash qurilmalari mo‘tadil ishlashi uchun ular ma‘lum haroratli muhitda 
bo‘lishlari talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori haroratda ishlashga 
mo‘ljallanmagan. Kompyuter tizimlarida sovutish tizimlari mavjud bo‘lsada, tashqi 
yuqori harorat ularning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tashkilotdagi elektr va 
elektron jixozlar namlikni o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqori namlik karroziyaga, 
qisqa tutashuvlarga sababchi bo‘ladi yoki magnetik va optiq saqlovchilarga jiddiy 
ta‘sir qiladi. 
Sun‘iy tahdidlar. Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‘ladigan salbiy 
ta‘sirlarning aksariyat qismi insonlar tomonidan bilmay yoki atayin qilingan xato 
natijasida yuzaga keladi. Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan bo‘ladigan 
quyidagi tahdidlar mavjud: 
Vandalizim. Xafa bo‘lgan xodimlar yoki sobiq xodimlar tizim 
komponentlarini buzish yoki zarar yetkazish orqali tizimni obro‘sizlantirishga 
harakat qilishlari mumkin. 
Qurilmaning yo‘qolishi. Ruxsatsiz foydalanish muhim axborot yoki qurilmani 
yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Agar qurilma himoyasi yetarli darajada bo‘lmasa, uning 
o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin. 
Fizik qurilmalarning buzilishi. Qurilmalarning noto‘g‘ri ishlashi, masalan, 
qurilmalarning yoki ma‘lumotlarning noto‘g‘ri saqlanganligi, zararlangan 
qurilmalarni almashtirilmaganligi va zaif kabellar fizik qurilmalarga jiddiy zarar 
yetkazishi mumkin. 
O‘g‘irlash. Xavfsizlik tizimidagi zaifliklar jixozlarning o‘g‘irlanishiga sabab 
bo‘ladi. 
Terrorizm. Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi terrorchilik harakatlari
masalan, mashinaga qo‘yilgan, shaxslarda mavjud bo‘lgan yoki masofadan turib 
boshqariluvchi bomba portlashi natijasida tashkilot fizik xavfsizligiga turlicha zarar 
etkazilishi mumkin. 
Ijtimoiy injineriya. Sosial injineriya shaxsiy axborotni boshqa shaxslar 
tomonidan noqonuniy qo‘lga kiritish maqsadida qilgan harakatlari sifatida qaraladi. 
Buzg‘unchi tashkilot xodimlaridan sosial injineriya orqali ruxsatsiz fizik 
nazoratlashdan daromad ko‘radi. 
Tizimlarni ruxsatsiz nazoratlash. Har ikkala, ichki va tashki foydalanuvchilar 
ham tashkilot haqidagi axborot yoki tizimni ruxsatsiz boshqarishga harakati. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə