7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (2soat) Reja: 1



Yüklə 378,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü378,08 Kb.
#139616
  1   2   3   4
4-ma\'ruza



7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari.
(2soat) 
Reja: 
1.
 
“Axborot xuruji” tushunchasi.
2.
 
Axborot xurujlarining manbalari. Ularning ijtimoiy muhitda amalga oshish 
usullari. 
3.
 
Ijtimoiy tarmoqdagi tahdidlarning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri. 
 
“Axborot xuruji” tushunchasi. 
Axborot ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy taraqqiyotning muhim 
omilidir. Uning jamiyat hayotidagi ahamiyati kundan–kunga ortib, ma’lumotlar bilan 
ishlash usullari o‘zgarishi va yangi axborot texnologiyalarni qo‘llash sohalarining 
kengayishi kuzatilmoqda. Axborot hajmining borgan sari ko‘payishi XX asrning 
ikkinchi yarmidan yaqqol namoyon bo‘la bordi. O‘tgan asrning 70 yillarida axborot 
hajmi har 5-7 yilda ikki barobarga ortgan bo‘lsa, 80-yillarda bunday o‘sish har 20 oyda, 
90-yillarda esa har yili kuzatilgan. Axborot hajmining bu qadar ortib ketishi insonning 
axborotni butunligicha qabul qilish imkonini cheklab qo‘yayotganini ta’kidlash lozim. 

Axborot
”, “
huruj
” va “
axborot huruji
” tushunchalarining ta’rifini berish va 
ularni o‘zaro bog‘lash orqali qo‘yilgan muammoni yanada chuqurroq tushunish
axborot xavfsizligini ta’minlash masalasining dolzarb ekanligini anglash mumkin. 
Axborot so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar solsak, u arabcha “
axbor
”, ya’ni 
xabar
so‘zidan olingan. 
Informatsiya
esa lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, 
«
tushuntirish, xabar qilish, talqin etish
» ma’nolarini anglatadi va namoyon bo‘lish 
shakllaridan qat’iy nazar biror narsa haqidagi ma’lumotni o‘zida namoyon etadi. 
Bugungi kunda axborot va informatsiya so‘zlari ko‘p hollarda yagona mazmunda 
ishlatilmoqda.
Amerikalik muhandis, matematik va birinchilardan bo‘lib axborot nazariyasini 
yaratgan olim Shennon K. axborotni “oydinlashtirilgan mavhumlik”, - deya ta’riflagan. 
Buning ma’nosi shundan iboratki, axborotni qabul qilib inson yangi bilimlar bilan 


tanishadi, ilgari mavhum bo‘lgan narsalarni anglaydi, qo‘ygan savollariga javob 
topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga 
muvofiq axborot axborotlashtirish jarayonida qo‘llanuvchi axborot resursi sanaladi.
Mazkur malakaviy ish doirasida axborot deyilganida biror manbada qayd 
qilinuvchi, omma uchun qiziqarli bo‘lgan va qayta ishlanuvchi faktlar, hodisalar, 
voqealar yig‘indisini tushunish maqsadga muvoffiq.
Huruj
deyilganida, biror tizimga nisbatan disfunksional yoki uning tartibini 
buzishga intiluvchi turli kuchlar va omillar mavjud bo‘lgan holat tushuniladi. 
Hurujlarning asosiy maqsadi tizimning faoliyatini tartibsizlik holatini keltirish orqali 
buzishdan iborat. Ular kelib chiqish manbasiga, amalga oshiruvchi kuchlariga va qaysi 
ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatishiga, shuningdek, ta’sir xavfi hamda rivojlanish darajasiga 
ko‘ra farqlanadi. Aniqroq qilib aytganda, vaqt omili hisobidan hurujning xavfi va 
tizimga nisbatan ta’siridan kelib chiqib uni buzish ehtimoli nazarda tutiladi. 


Yüklə 378,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə