7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (2soat) Reja: 1



Yüklə 378,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü378,08 Kb.
#139616
1   2   3   4
4-ma\'ruza

Axborot huruji
” deyilganida muayyan kuchlarning o‘z siyosiy maqsad va 
muddaolarini amalga oshirish yo‘lida eng avvalo mafkuraviy omillar, shuningdek
moddiy va ma’naviy ta’sir o‘tkazish orqali kishilar ongi, qalbiga yot g‘oyalarni 
singdirishni, ularning hissiyotlari, e’tiqodi, tuyg‘ulariga ta’sir etishni, turmush tarzi, 
mentalitetidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishni ko‘zlovchi xatti-harakatlar majmuasi 
tushuniladi. Davlatning o‘z jamiyati xavfsizligini ta’minlashi vazifasi nuqtai nazaridan 
olganda, axborot hurujlari axborot xavfsizligini buzish xavfini solgan sharoit va 
ijtimoiy omillar yig‘indisidir.
Axborot xurujlarining manbalari. Ularning ijtimoiy muhitda amalga 
oshish usullari. 
Bugun axborot hurujlari orqali o‘z g‘oyalarini singdirish va jamiyat a’zolarini, 
ayniqsa, yoshlarni o‘z izmiga solish ko‘p kuzatilayotgan holat bo‘lib qolmoqda. 
Axborot hurujlari bugungi kunda globallashuv jarayoniga qo‘shilgan har bir davlat va 
jamiyat uchun potensial yoki real darajada xavf tug‘diradi. Chunki axborot orqali o‘sha 


mamlakat yoshlari ongini manipulyatsiya qilish, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga shu 
yo‘l bilan erishmoqchi bo‘layotgan kuchlar mavjudligi sir emas.Axborot xurujlarini 
bugungi kunda davlatlar (jumladan chet el davlatlari), turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
tashkilotlar, rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, alohida shaxslar uyushtirishi 
mumkin. Shuning uchun axborot urushlari, axborot-psixologik xavfsizlik kabi 
mavzularda butun dunyo olimlari keng baxs va mushohadalar olib borishmoqda.
Axborot oqimining ortishi, axborot urushlari va axborot terrorizmi kabi 
masalalarning ko‘tarilishi, jamiyatda ommaviy axborot vositalari o‘rnining ortishi, 
mehnat faoliyatini texnik axborotlashtirish usullarining keng qo‘llanilishi tufayli 
ko‘plab ilmiy va ilmiy-amaliy adabiyotlarda 

Yüklə 378,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə