7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (2soat) Reja: 1


Ijtimoiy tarmoqdagi tahdidlarning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri



Yüklə 378,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü378,08 Kb.
#139616
1   2   3   4
4-ma\'ruza

Ijtimoiy tarmoqdagi tahdidlarning yoshlar ma’naviyatiga ta’siri. 
Ijtimoiy tarmoqlar bugun qudratli axborot qurolga aylangan ekan, dunyo 
miqyosida mafkuraviy-g’oyaviy tahdidlarni targ’ibot va tashviqot etishda muhim omil 
vazifasini o’tamoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida yoshlarning qalbi, ongi va 
ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yoshlar 
ma’naviyati izdan chiqishiga olib kelmoqda. Shu boisdan ham, turli-tuman g’oyaviy, 
mafkuraviy va axborot xurujlarining avj olishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz 
darkor. Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni 
tarbiyalashga erishamiz. 
Internet tizimining ijtimoiy tarmog’idan olingan narsa to’g’ri, ishonchli va 
zararsiz ekanini bilish kerak. Yaxshi-yomonning farqiga bormagan yoshlar ijtimoiy 
tarmoqlar orqali tarqatilgan har qanday ma’lumot-xabarlarni haqiqat deb qabul 


qilayotgani jiddiy xavotirga solmoqda. Ular g’arazli maqsadlari yo’lida yoshlarda 
buzg’unchilik, begunoh odamlar qonini nohaq to’kish kabi jinoyatlarni avj oldirib, 
fuqarolar tinchligini buzib, xalq orasida nizo chiqarishga harakat qilishmoqda. 
Sarhadsiz internet dunyosiga kirgan yoshlar vaqt, umr g’animat ekanini doimo yodda 
saqlamog’i lozim. Zero, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo’lib, unda inson 
adashib soatlab, kunlarini samarasiz o’tkazib yuborish bilan birga yoshlarimiz o’jar va 
qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qadriyatlarini inkor 
etadi”. 
Darhaqiqat, bugun axborot ko’p va tez kirib kelayaptiki ularni “hazm” qilish 
uchun teran tafakkur va keng dunyoqarash talab etiladi. Ayniqsa internet tizimining 
ijtimoiy tarmoq olami farzandlarimiz e’tibori va qiziqishini tortib borayotgan bugungi 
davrda ayrim kompyuter o’yinlari haqida ham shunday misollarni ketirish mumkin. 
Bugun dunyo aholisining 90 % dan ortig’ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish 
imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. 
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan 
minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech 
narsa yo’qdek. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, 
tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb 
o’ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib 
bo’lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko’zlagan insonlar 
o’tirmasligini o’nlab misollar bilan asoslash mumkin. Ayniqsa, yoshlarda bunday holat 
ko’proq yolg’iz qolish istagining kuchayishida namoyon bo’ladi. 


Manbalarda ijtimoiy tarmoq – odamlarning muloqot qilish, o’xshash 
qiziqishlari yuzasidan boshqa odamlar bilan ijtimoiy munosabatlarni yaratish uchun 
foydalanadigan onlayn platforma deb ta’rif berilgan. Ilk bor odamlar o’rtasidagi 
muloqot vositasi sifatida ijtimoiy tarmoqning elektron pochta ko’rinishi paydo bo’ldi. 
Bu kompyuter tarmoqlari orqali bog’lanishning ilk ko’rinishi edi. Dastlab ikki kishi 
o’rtasida ma’lumot almashish uchun yaratilgan elektron ma’lumot almashuv 
keyinchalik guruhlar o’rtasidagi muloqot vositasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar haqida 
ilk bora o’z tasavvurlarini bayon qilgan olimlar R.Solomonoff va A.Rapoport o’tgan 
asr o’rtalarida muloqotning virtual ko’rinishi haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. 
Vengriyalik mutaxassislar P.Erdos va A.Renilar ijtimoiy tarmoqlarni shakllantirish 
borasidagi tasavvurlarini aytib o’tishgan. Ijtimoiy tarmoq atamasini alohida tushuncha 
sifatida 1954 yil Manchester maktabi namoyondalaridan biri J.Barns ilmiy manbalarga 
kiritgan. Internet tarmog’ida insonlar o’rtasidagi muloqotning avj olishi, rivojlanib 
ketishini olimlar ijtimoiy tarmoqlarning tezkor faoliyati bilash bog’lashadi. Aslida ham 
shunday. Siz virtual olamda tez va qulay muloqotni kunning yoki tunning istalgan 
vaqtida o’rnatishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz bilan yozishib, gaplashib, uni 
ko’rishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter yoki telefon va internet bo’lsa 
kifoya. 
Bugungi kunda mashhur bo’lgan ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifasiga ega 
bo’lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar 
orasida ko’rish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan 
mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi 
virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko’pchilik yoshlar o’z hayotlarini 
ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar. 

Yüklə 378,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə