7-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlari. (2soat) Reja: 1


axborot xurujlarining amalga oshish



Yüklə 378,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü378,08 Kb.
#139616
1   2   3   4
4-ma\'ruza

axborot xurujlarining amalga oshish 
usullari
o‘rganilmoqda. Axborot ta’sirlari kimga ta’sir ko‘rsatish kerakligi va axborot 
hurujining maqsadidan kelib chiqqan holda tegishli usullar orqali amalga oshiriladi. 
Bularga 
psixologik usullar
(o‘z fikrini singdirish, rag‘bat, majburlash, jazolash, 
namuna ko‘rsatish), 
harbiy usullar
(jismoniy zarar yetkazish orqali o‘z fikrini 
singdirish), 
iqtisodiy usullar
(potensial raqibning iqtisodiy holatini yomonlovchi savdo 
yoki moliyaviy sanksiyalar yaratish), 
siyosiy usullar
(turli siyosiy o‘yinlar) kiradi. 
Mazkur usullarni mukammal bilgan holatdagina axborot hurujlariga qarshi kurash 
yo‘llarini ishlab chiqish mumkin. Globallashuv sharotida dunyoning mafkuraviy 
manzarasi hozirda juda murakkablashib ketdi. Unda ta’sir kuchiga ega bo‘lishni eng 
maqbul yo‘li sifatida, mablag‘ qancha ketishidan qat’iy nazar yirik axborot 
tarqatuvchilik mavqeini egallash ekanligi hozirda sir bo‘lmay qoldi. Jahonda 
informasion urush ketayotganini hatto oddiy insonlar ham sezishlari mumkin. Misol 
uchun biron mamlakat hududida ma’lum turmush tarzini, qadriyatlar tizimini 
ulug‘lovchi risolalar, san’at asarlari, kinofilmlar, axborotlar va hokazolar 
tarqatilmoqda. Bunday informatsiyalar jamiyatda ma’lum ijtimoiy fikrning 
shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz 
I.A.Karimovning yoshlarni ochiq axborot olish davrida hukm suradigan 
umumbashariy axloqiy inqirozdan asrash muammosiga alohida e’tibor qaratgani 
diqqatga sazovor:


Keyingi yillarda ko‘plab namoyish etilayotgan jangarilik filmlarini olaylik. Bu 
filmlarni ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar maroq bilan ko‘radi, chunki odamzot tabiatan 
mana shunday to‘polonlarni tomosha qilishga moyil… Afsus bilan ta’kidlashimiz 
lozim: tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatidagi insoniylikdan ko‘ra 
vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, ya’ni xatti-harakatlarini qo‘zg‘atib yuborish osonroq. 
Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan 
ko‘pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o‘rganadi, xolos. Natijada 
ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag‘irlik, zo‘ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy 
olganini o‘zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va filmlarning 
qahramonlariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. 
Chunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo‘l urayotgan ishi qanday ayanchli 
oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. 
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda axborot hurujlarini 
bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashishning asosiy yo‘llari sifatida jamiyatdagi 
quyidagi omillarni ko‘rsatish mumkin:
- Kuchli siyosiy boshqaruv va nazorat tizimining mavjudligi (siyosiy omil);
- Fuqarolar huquqlarining kafolati (huquqiy omil);
- Barqaror va farovon turmush (ijtimoiy – iqtisodiy omil); 
- Ma’naviy yetuklikni ta’minlovchi ijtimoiy institutlarning shakllantirilishi 
(ma’naviy omil).
Umuman olganda axborot hurujlari istalgan jamiyatda kuzatilishi mumkin, 
ammo jamiyat hayotining siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy 
sohalarida biror salbiy jarayonlar mavjud bo‘lganida ular o‘ta faollashadi, o‘z ta’sir 
doirasini kengaytiradi, ularning ta’sir darajasi ortadi. Shuning uchun ushbu muammoni 
keng ko‘lamli sotsiologik tadqiqotlar asosida o‘rganish orqali kerakli bo‘lgan vaziyatni 
yaxshilovchi hamda mo‘tadillashtiruvchi yechimlarni aniqlashi mumkin. 

Yüklə 378,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə