Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Bell-LaPadul modeli. 
2.
Biba modeli. 
3.
Mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish. 


84 
13-
ma‘ruza 
Ma‘lumotlarni fizik himoyalash 
Reja: 
1.
Fizik xavfsizlik tushunchasi. 
2.
Fizik xavfsizlik vazifasi va zaruriyati. 
3.
Fizik xavfsizlikka ta‘sir qiluvchi omillar. 
Tayanch iboralar: 
Fizik xavfsizlik, qurilmalar, fizik xavfsizlik vazifasi, fizik 
xavfsizlik zaruriyati, fizik xavfsizlik omillari. 
13.1
 
Fizik xavfsizlik tushunchasi 
Axborot xavfsizligini ta‘minlashda amalga oshiriladigan dastlabki choralardan 
biri bu – fizik xavfsizlik hisoblanadi. Ruxsatsiz fizik boshqaruvni, shaxslar amalga 
oshiradigan va muhitga bog‘liq tahdidlarni oldini olish uchun tashkilotlar mos fizik 
xavfsizlik boshqaruvi sharoitida bo‘lishi shart. Tizim ma‘muri fizik xavfsizlikga 
qaratilgan tahdidlardan himoyalanish uchun fizik xavfsizlik choralari o‘rnatilgani va 
me‘yorida ishlayotganini kafolatlashi zarur. 
Fizik xavfsizlik qurilmalarni, shaxslarni, tarmoq va ma‘lumotlarni 
hujumlardan himoyalaydi. Ma‘lumot, tarmoq va qurilmalar himoyasi o‘zida tabiiy va 
sun‘iy (inson tomonidan qilingan) tahdidlardan himoyalash vositalarini 
mujassamlashtiradi. Tashkilotlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda mos himoya 
vositalaridan foydalanishda o‘z infratuzilmasi va axborot tizimlarining fizik 
xavfsizligiga ta‘sir qiluvchi barcha holatlarni inobatga olishi shart. 
Fizik xavfsizlik 
– tashkilot axborot xavfsizligi dasturining muhim qismlaridan 
biri bo‘lib, oldingi davrlarda insonlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda kalit, qo‘riqchi, 
to‘siq, eshik va shunga o‘xshash vositalaridan foydalanganlar. Hozirgi kunda, fizik 
xavfsizlikning shakli keskin o‘zgarib bormoqda va tashkilotlardan ishchi kuchlari
aktivlar va ko‘chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur 
aktivlarning fizik xavfsizligini ta‘minlash tashkilot uchun muhim vazifalardan biri 
bo‘lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda binoning arxitekturasiga, jixozlanishiga, ishchi 
kuchlariga, tabiiy hodisalarga, quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va 
boshqalarga e‘tibor beriladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə