Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Foydalanishni boshqarishning ABAC usuli



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Foydalanishni boshqarishning ABAC usuli 
Atributlarga asoslangan foydalanishlarni boshqarish usuli (ABAC) - obyektlar 
va subyektlarning atributlari, ular bilan mumkin bo‘lgan amallar va so‘rovlarga mos 
keladigan muhit uchun qoidalarni tahlil qilish asosida foydalanishlarni boshqaradi. 


79 
Undagi qoidada har qanday turdagi attributlardan (foydalanuvchi atributlari, resurs 
atributlari, obyekt va muhit atributlari va hak.) foydalanish mumkin. Ushbu model 
so‘rovni, resursni va harakatni kim bajarayotgani to‘g‘risidagi holatlar ―AGAR, U 
HOLDA‖ dan tashkil topgan qoidalarga asoslanadi. Masalan, AGAR talabgor 
boshqaruvchi bo‘lsa, U HOLDA maxfiy ma‘lumotni o‘qish/ yozish huquqi berilsin. 
Atributga asoslangan siyosat normativ talablar murakkabligini kamaytirish 
orqali foydalanishni boshqarishni yanada samarali amalga oshiradi. Xuddi shu 
atributlarga asoslangan siyosat turli tizimlarda ishlatilishi bir tashkilotda yoki 
hamkorlikdagi tashkilotlarda resurslardan foydalanishda muvofiqlikni boshqarishga 
yordam berishi mumkin. Bunday markazlashgan foydalanishni boshqarish yagona 
vakolatli manbani o‘z ichiga olgani bois, har bir aniq tizim talablariga o‘z siyosati 
bilan moslikni tekshirishni talab etmaydi. 
Atributlarga asoslangan foydalanishni boshqarishdagi asosiy standartlardan 
biri bu - XACML (eXtensible Access Control Markup Language) bo‘lib, 2001 yilda 
OASIS (Organization for the Advancement of Structured Information Standards) 
tomonidan ishlab chiqilgan. 
Nazorat savollari 
1.
Foydalanishni nazoratlash jarayoni. 
2.
Foydalanishni boshqarishning DAC usuli. 
3.
Foydalanishni boshqarishning MAC usuli. 
4.
Foydalanishni boshqarishning RBAC usuli. 
5.
Foydalanishni boshqarishning ABAC usuli. 


80 
1.
Bell-LaPadul modeli 
2.
Biba modeli 
12-
ma‘ruza 
Ko‗p sathli xavfsizlik modellari 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə