Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

11.3
 
Foydalanishni boshqarishning RBAC va MAC usuli 
Foydalanishni boshqarishning RBAC usuli 
RBAC usulida foydalanishni boshqarishning asosiy g‘oyasi tizimning ishlash 
prinsipini tashkilotda kadrlar vazifasini haqiqiy ajratilishiga maksimal darajada 
yaqinlashtirishdir. 
RBAC usuli foydalanuvchini axborotga ruxsatini boshqarish uning tizimdagi 
harakat xiliga asoslanadi. Ushbu usuldan foydalanish tizimdagi rollarni aniqlashni 
nazarda tutadi. Rol tushunchasini muayyan faoliyat turi bilan bog‘liq harakatlar va 
majburiyatlar to‘plami sifatida qarish mumkin. Shunday qilib, har bir obyekt uchun 
har bir foydalanuvchini foydalanish ruxsatini belgilash o‘rniga, rol uchun 
obyektlardan foydalanish ruxsatini ko‘rsatish yetarli. Bunda, foydalanuvchilar o‘z 
navbatida o‘zlarining rollarini ko‘rsatishadi. Biror rolni bajaruvchi foydalanuvchi rol 
uchun belgilangan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. 
Umuman olganda, foydalanuvchi turli vaziyatlarda turli rollarni bajarishi 
mumkin. Xuddi shu rolni ba‘zida bir nechta foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zidan 
ishlatishlari mumkin. Ba‘zi tizimlarda foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida bir nechta 


77 
rollarni bajarishga ruxsat berilsa, boshqalarida har qanday vaqtda bir-biriga zid 
bo‘lmagan bir yoki bir nechta rollarga cheklov mavjud bo‘lishi mumkin. 
RBAC usulining asosiy afzalliklari quyidagilar: 
1.
Ma‟murlashning osonligi
. Foydalanishlarni boshqarishning klassik modellarida 
obyekt bo‘yicha muayan amallarni bajarish huquqlari har bir foydalanuvchi yoki 
foydalanuvchilar guruhi uchun ro‘yxatga olingan bo‘ladi. Rolli modelda rol va 
foydalanuvchi tushunchalarini ajratish vazifani ikki qismga ajratish imkonini beradi: 
foydalanuvchi rolini aniqlash va rol uchun obyektga bo‘lgan ruxsatni aniqlash. 
Ushbu yondashuv boshqaruv jarayonini foydalanuvchini javobgarlik sohasini 
o‘zgartirganda undan eski rolni olib tashlash va yangi vazifasiga mos kelidagan rolni 
berishning o‘zi kifoya qilgani bois sezilarli darajada soddalashtiradi. Agar 
foydalanish huquqi bevosita foydalanuvchi va obyektlar o‘rtasida aniqlansa, mazkur 
muolaja yangi foydalanuvchi huquqlarini qayta tayinlashi uchun ko‘p harakatlarni 
talab qiladi. 
2.
Rollar iyerarxiyasi
. Rollarning haqiqiy iyerarxiyasini yaratish orqali real biznes 
jarayonlarini aks ettiruvchi rollar tizimini yaratish mumkin. Har bir rol o‘z 
imtiyozlari bilan bir qatorda boshqa rollarning imtiyozlariga ega bo‘lishi mumkin. 
Ushbu yondashuv tizimni boshqarishni sezilarli darajada osonlashtiradi. 
3.
Eng kam imtiyoz prinsipi
. Rolli model foydalanuvchiga tizimda kerakli vazifalarni 
bajarishga imkon beruvchi eng kichik rol bilan ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi. 
Ko‘plab rollarga ega foydalanuvchilar aniq bir vazifani bajarishi uchun o‘zining 
barcha imtiyozlaridan foydalanishi har doim ham talab etilmaydi. 
4.
Majburiyatlarni ajratish
. Tizimda foydalanishlarni boshqarishning yana bir 
muhim prinsiplaridan biri bu – vazifalarni taqsimlashdir. Firibgarlikni oldini olish 
uchun bir shaxs tomonidan ko‘plab vazifalarni bajarish talab etilmaydigan holatlar 
amalda yetarlicha mavjud. Bunga misol sifatida bir kishi tomonidan to‘lov 
ma‘lumotini yaratish va uni tasdiqlashni olish mumkin. Shubhasiz, bu amallarni bir 
shaxs bajara olmaydi. Rollarga asoslangan usul esa ushbu muammoni maksimal 
darajada osonlik bilan hal qilishga yordam beradi. 
Rasmiy ko‘rinishda RBAC usulini quyidagicha tasvirlash mumkin (5-rasm): 


78 
5-
rasm. RBAC modeli 
Model quyidagi mazmunga ega: foydalanuvchilar, rollar va imtiyozlar. 
Foydalanuvchi sifatida inson yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi dastur bo‘lishi 
mumkin. Rol foydalanuvchini tashkilotda faoliyat turi bo‘lsa, imtiyoz esa tizimning 
bir yoki bir nechta obyektlaridan foydalanish uchun aniqlangan ruxsat. 
Diagrammadagi ―rollarni foydalanuvchilarga tayinlash‖ va ―imtiyozlarni 
tayinlash‖ munosabati ko‘pga-ko‘p turga tegishli. Ya‘ni, foydalanuvchi bir nechta 
rollarga ega bo‘lishi va bir nechta foydalanuvchi bir rolda bo‘lishi mumkin. Shunga 
o‘xshash, bir qancha imtiyozlar bitta ro‘lga tegishli yoki bir nechta rollar bitta 
imtiyozga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ushbu modelda xususiy buyurtma 
qilingan to‘plam – rollar iyerarxiyasi mavjud. Ushbu to‘plamda
va
rollar 
uchun
>
a‘zolik aloqasi
rol
rol imtiyozlarini meros qilib olganini 
anglatadi. Seans foydalanuvchini ko‘p rollarda o‘z ichiga oladi. Bunda, 
foydalanuvchi bir qancha vazifani bajarish uchun seansni faollashtiradi. Shu nuqtada 
tizim foydalanuvchidan vazifani bajarish uchun talab qilinadigan rollarni va 
imtiyozlarni aniqlab, qolganlarini taqiqlashi mumkin. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə