Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

12.2
 
Biba modeli 
Biba modeli. 
Ushbu model Bell-LaPadul modelining modifikatsiyasi 
bo‗lib, ma‘lumotlar yaxlitligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan. Biba modelining 
bazaviy qoidalari quyidagicha ifodalanadi: 
1.
“Yaxlitlikning oddiy qoidasi” (Simple Integrity, SI). 
Ushbu qoidaga binoan 
subyekt o‗zining sathidan past yaxlitlik sathidan axborotni o‗qiy olmaydi. 
Yaxlitlikning uchta sathiga ega tizimda ushbu qoidaning amalga oshirilishiga mos 
axborot oqimlari sxemasi 12.5-rasmda keltirilgan. 
12.5-rasm. ―Simple integrity‖ xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi 
2.
“-Yaxlitlik” (-Property). 
Ushbu qoidaga binoan subyekt o‗zining sathidan yuqori 
yaxlitlik sathiga axborotni yoza olmaydi. Yaxlitlikning uchta sathiga ega tizimda 
ushbu qoidaning amalga oshirilishiga mos axborot oqimlari sxemasi 12.6–rasmda 
keltirilgan. 


83 
12.6-rasm. ―-Property‖ xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi 
3.
“Chaqiruv xususiyati” (Invocation Property). 
Ushbu qoidaga binoan subyekt 
yaxlitlikning yuqori sathidagi subyektdan servisni so‗rayolmaydi. 
Ta‘kidlash lozimki, Biba modelidagi yaxlitlik sathlarini ishonchlilik sathi 
sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini esa axborotni ma‘lumotlarning 
yuqori ishonchli majmuidan ishonchligi pastrog‗iga va aksincha uzatish kabi qabul 
qilish lozim. 
Mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish. 
Foydalanishni boshqarishning 
mantiqiy vositalari infrastruktura va uning ichidagi tizimlarda mandat, tasdiqlash, 
avtorizatsiya va majburiyatlar uchun foydalaniladi. Ushbu komponentlar tizimlar
ilovalar, jarayonlar va axborot uchun foydalanishni boshqarish choralarini qo‗llaydi. 
Shuningdek, foydalanishni boshqarishning mazkur usuli dastur, operatsion tizim
ma‘lumotlar bazasida ham qo‗llanilishi mumkin. Fizik foydalinishni boshqarish 
mexanik ko‗rinish bo‗lib, qulflanuvchi xonadan fizik foydalanishga o‗xshatish 
mumkin. Foydalanishni boshqarishni aslida mantiqiy va fizik turga ajratishning o‗zi 
noaniq hisoblanadi. Masalan, fizik nazoratlash odatda dasturlar, kartadagi chiplar va 
dasturiyta‘minot orqali ishlovchi elektrik qulflar orqali ishlaydi. Ya‘ni, bu o‗rindafizik 
foydalanishga mantiqiy deb ham qarash mumkin. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə