89
14-
ma‘ruza
Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsziligi muammolari
Reja:
1.
OSI va TCP/IP.
2.
Tarmoq xavfsizligi muammoalari
3.
Tarmoq xavfsizligi zaifliklarining turlari
Tayanch iboralar:
OSI, TCP/IP,
Tarmoq xavfsizligi, Tahdid, Zaiflik, DOS,
DDOS, Razvedka hujumi.
Kompyuter tarmoqlari bu – bir biriga osonlik bilan ma‘lumot va resurslarni
taqsimlash uchun ulangan kompyuterlar guruhi bo‘lib,
bunda kompyuter axborotni
ma‘lumot yo‘llari orqali uzatadi. Keng tarqalgan kompyuter tarmog‘iga Internetni
misol keltirish mumkin.
14.1
OSI va TCP/IP
OSI (Open System Interconnection) modeli bu - tarmoq bo‘ylab ma‘lumotlar
almashinuvini aniqlashtirish uchun taqdim etilgan etalon model bo‘lib, bir
qurilmadan tarmoq orqali boshqa qurilmaga ma‘lumot oqib o‘tishini tasvirlaydi. OSI
modeli ikki nuqta orasidagi aloqani 7 ta turli sathlarga ajratadi.
Ushbu modelda
ma‘lumotlar yuboruvchi kompyuterda yuqori sathdan pastki sathga qarab
harakatlansa, qabul qiluvchi kompyuterda esa pastki
sathdan yuqoriga qarab
harakatlanadi.
TCP/IP modeli bu - 4 sathdan iborat bo‘lib, Department of Defense (DOD)
tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu modeldagi har bir sath turli vazifalarni bajaradi
va ma‘lumotni yuboruvchi qurilmada ma‘lumot 4 - sathdan
birinchi sathga qarab
harakatlansa, qabul qiluvchi mashinada birinchi sathdan to‘rtinchi sathga qarab
harakatlanadi.
Kompyuter tarmoqlarining turlari. Kompyuter
tarmoqlari turli omillar
bo‘yicha bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, o‘lchami bo‘yicha, vazifasi
bo‘yicha yoki geografik masofasi bo‘yicha. Tarmoq tarqalgan sohaning o‘lchamiga
va tarmoqdagi kompyuterlarning soniga ko‘ra quyidagicha guruhlarinishi mumkin:
-
lokal tarmoq (Local Area Network, LAN);
-
mintaqaviy tarmoq (Wide Area Network, WAN);
-
shahar tarmog‘i (Metropolitan Area Network, MAN);
-
shaxsiy tarmoq (Personal Area Network, PAN);
-
kampus tarmog‘i (Campus Area Network, CAN);
-
global tarmoq (Global Area Network, GAN).
Tarmoq topologiyalari. Tarmoq bo‘ylab kompyuterlar ma‘lum
topologiyalar
yordamida mantiqiy bog‘lanishlarni amalga oshiradi. Topologiya tarmoqning
tuzilishini aniqlab, tarmoqning mantiqiy va fizik joylashuvini hisoblaydi.
Fizik
topologiya kompyuter tizimlari komponentlarining tuzilishini aniqlasa,
mantiqiy
90
topologiya kompyuterlar orasidagi tarmoqda ma‘lumotlarni uzatish usullarini
aniqlaydi. Amalda keng qo‘llaniluvchi tarmoq topologiyalariga
quyidagilarni misol
keltirish mumkin:
− yulduz topologiya;
− shina topologiya;
− halqa topologiya;
− mesh topologiya;
− daraxt topologiya;
− gibrid topologiya.
Dostları ilə paylaş: