Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Simsiz tarmoq turlari 
2.
Simsiz tarmoqlarda mavjud zaifliklar 
3.
Simsiz tarmoqlardan foydalanishda bo‗lishi mumkin bo‗lgan xavfsizlik 
muammolari 
4.
Tarmoqlararo ekran vositasini o‗rnatish 
5.
Tarmoq orqali uzatiluvchi ma‘lumotni shifrlash 


112 
1.
Xavf-xatar (risk) tushunchasi 
17-
ma‘ruza 
Risklarni boshqarish 
Reja: 
2.
Xavf-xatar (risk) ning darajalari 
3.
Xavf-xatar (risk) larni boshqarish 
4.
Muhim risk ko‘rsatkichlari. 
Tayanch iboralar: 
Xavf-xatar, Risk, Ta‘sir, Aktiv qiymati, Kiberxavfsizlik
Risk faktorlari, Risk darajalari. 
17.1
 
Xavf-xatar (risk) tushunchasi 
Risk kiberxavfsizlikka oid bo‘lgan tushunchalardan biri bo‘lib, u haqidagi 
dastlabki tushunchalar birinchi bobda keltirib o‘tilgan edi. Ushbu bo‘limda risk 
tushunchasi va uni boshqarish bo‘yicha batafsil ma‘lumotlar beriladi. 
Risk bu – belgilangan sharoitlarda tahdidning manbalarga potensial zarar 
yetkazilishini kutish. Bundan tashqari, riskni quyidagicha tushunish mumkin: 
-
Risk bu – ichki yoki tashqi majburiyatlar natijasida tahdid yoki hodisalarni yuzaga 
kelishi, yo‘qotilishi yoki boshqa salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan voqyea. 
-
Risk bu – manbaga zarar keltiradigan ichki yoki tashqi zaiflik ta‘sirida tahdid 
bo‘lishi ehtimoli. 
-
Risk bu – voqyea sodir bo‘lishi ehtimoli va ushbu hodisaning axborot 
texnologiyalari aktivlariga ta‘siri. 
Risk, tahdid, zaiflik va ta‘sir tushunchalari o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud 
bo‘lib, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin: 
RISK = Tahdid × Zaiflik × Ta‘sir 
Boshqa tomondan, hodisaning axborot aktiviga ta‘siri bu – aktivdagi yoki 
manfaatdor tomonlar uchun aktivning qiymatidagi zaiflikning natijasi ekanligini 
inobatga olgan holda, riskni quyidagicha ifodalash mumkin: 
RISK = Tahdid × Zaiflik × Aktiv qiymati 
Risk o‘zida quyidagi ikkita faktorni mujassamlashtiradi: 
-
zararli hodisani yuzaga kelish ehtimoli; 
-
va zararli hodisaning oqibatlari 
Riskning ta‟siri
. Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha narxiga 
yoki kutilgan qiymatga ta‘sir yetadi. Risk ta‘siri tashkilot, jarayon yoki tizimga 
zararli muhit sababli yuzaga keladi. Ta‘sir riskni kuzatilish ehtimoli jiddiyligini 
ko‘rsatadi. 
Riskning chastotasi
. Riskni aniqlash va baholashga bog‘liq holda, risklarni 
tasniflashda ularning takrorlanish chastotatasiga va ko‘p sonli ketma-ketliklarga 
asoslanadi. Chastota va ko‘p sonlilik risklarni monitoring qilishda muhim hususiyat 
hisoblanib, shu nuqtai nazaridan risklar ikki guruhga: minor risklar – e‘tibor talab 


113 
qilmaydigan va major risklar – alohida e‘tibor va kuzatuv talab qiluvchilarga 
ajratiladi. Risklar chastotasi va ko‘p sonligiga asoslangan holda ularni ikki o‘lchamli 
matrisa usuli yordamida guruhlarga ajratish mumkin. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə