27
–
Tashkilot bo‗ylab foydalanilayotgan qurilmalar soni ortib borishi tarmoqda
uzatilayotgan va saqlanadigan axborot hajmini ortishiga olib kelmoqda. Bu
holat esa o‗z navbatida turli zaifliklar natijasida hosil bo‗lgan xavfsizlik
tahdidlarini ortishiga ham sababchi bo‗ladi. Xavfsizlik siyosati tashkilotga
ushbu tahdidlarga qarshi kurashish va unga axborotning yo‗qolishidan
himoyalash imkonini beradi.
–
Xavfsizlik siyosati tashkilotning barcha funksiyalarini xavfsiz tarzda amalga
oshirish orqali xavfsizlik prinsiplarining kelishilgan vazifalarini ta‘minlaydi.
Xavfsizlik siyosati mijozlar bilan ishonchga
asoslangan aloqani qurishda
axborot xavfsizligi standartlarining mosligini ta‘minlaydi. Xavfsizlik siyosati
tashqi axborot tahdidlariga kompaniyaning duchor bo‗lishi xavfini
pasaytirishga yordam beradi.
–
Xavfsizlik siyosati tarmoqda qanday qoidalar foydalanishi kerakligini,
konfidensial axborot qanday saqlanishi va tashkilot ma‘lumotlarini oshkor
bo‗lishi va majburiyatlarni kamaytirish uchun qanday
shifrlash algoritmlari
kerakligini aniqlash orqali qonuniy himoyani ta‘minlaydi.
–
Xavfsizlik siyosati tahdidlarning sodir bo‗lishidan oldin ularni bashoratlash va
zaifliklarni aniqlash orqali xavfsizlik buzilishlari holatining ehtimolini
kamaytiradi.
–
U shuningdek, zaxira nusxalash va qayta tiklash amallarini joriy qilish orqali
tashkilot ma‘lumotlarining yo‗qolishi va sirqib chiqishi xavfini
minimallashtiradi.
Xavfsizlik siyosatining afzalliklari:
–
Kuchaytirilgan ma‘lumot va tarmoq xavfsizligi: tashkilotlar o‗z ma‘lumotlari
xavfsizligini ta‘minlovchi tarmoqqa asoslangan siyosatini amalga oshiradilar.
Xavfsizlik siyosati tarmoqda boshqa tizimlardan ma‘lumotlar uzatilishida
himoyani ta‘minlaydi.
–
Risklarni kamaytirish: xavfsizlik siyosatini amalga oshirish orqali tashqi
manbalardan bo‗lishi mumkin bo‗lgan risklar kamaytiriladi.
Agar xodimlar
xavfsizlik siyosati asosida harakat qilsalar, ma‘lumot va resurslarning
yo‗qolishi holatlari deyarli kuzatilmaydi.
–
Qurilmalardan foydalanish va ma‘lumotlar transferining monitoringlanishi va
nazoratlanishi: xavfsizlik siyosati xodimlar tomonidan amalga oshirilgani bois,
ma‘murlar tashkilotdagi trafikni va foydalanilgan tashqi qurilmalarni doimiy
tarzda monitoringlashi zarur. Kiruvchi va chiquvchi trafikning monitoringi va
auditi doimiy ravishda amalga oshirilishi shart.
–
Tarmoqning yuqori unumdorligi: xavfsizlik siyosati to‗g‗ri amalga
oshirilganida va tarmoq doimiy monitoring qilinganida
ortiqcha yuklamalar
28
mavjud bo‗lmaydi. Tarmoqda ma‘lumotni uzatish tezligi ortadi va bu umumiy
samaradorlikni ortishiga olib keladi.
–
Muammolarga darhol javob berish va harakatsiz vaqtning kamligi: xavfsizlik
siyosatini amalga oshirilishi tarmoq muammolari kuzatilganida darhol javob
berish imkoniyatini taqdim etadi.
–
Boshqaruvdagi hayajon darajasining kamayishi: xavfsizlik siyosati amalga
oshirilganida boshqaruvchi kam hayajonga ega bo‗ladi. Xavfsizlik siyosatidagi
bir vazifa tashkilotning biror xodimiga biriktirilishi shart. Agar ushbu holat
amalga oshirilsa, tarmoqda biror nojo‗ya
holat kuzatilsa ham, boshqaruvda
hech qanday xavotir bo‗lmaydi.
–
Xarajatlarning kamayishi: agar xodimlar siyosatga to‗g‗ri amal qilsalar,
tashkilotga ta‘sir qiluvchi turli xalaqitlar uchun ortiqcha harajat kamayadi.
Dostları ilə paylaş: