29
yordam beradi.
Shuning uchun, tashkilot xodimlari yo‗riqnomalarni bajarish
uchun, maxsus o‗qitiladi.
–
Muolajalar.
Muoalajalar tashkilot siyosatini amalga oshiruvchi ketma-ket
bosqichlar to‗plami bo‗lib, ularni amalga oshirishda imtiyozga ega subyektdan
tasdiq talab etiladi. Muolajalar quyidagi savollar asosida ishlaydi:
-
kim nimani bajaradi?
-
ular qanday bosqichlarga ega?
-
ular qaysi shakl va hujjatlardan foydalanadilar?
–
Umumiy qoidalar
. Umumiy qoidalar tanlovga ko‗ra maslahatlar bilan
ta‘minlovchi hujjat bo‗lib, ulardan biror maxsus standartlar bo‗lmagan holda
foydalaniladi. Umumiy qoidalar tavsiyalar sifatida bo‗ladi va tashkilotlar
ularni rad eta olmaydi. Umumiy qoidalarni
amalga oshirish risklarni
kamaytirsada, biznes talablari o‗zgarganida umumiy qoidalarni ham
o‗zgartirish tavsiya etiladi.
Xavfsizlik siyosati quyidagi xususiyatlarga ega bo‗lishi shart:
–
Qisqa va aniq
: xavfsizlik siyosati infrastrukturada joriy qilishda qisqa va aniq
bo‗lishi shart. Murakkab xavfsizlik siyosati tushunish uchun qiyin bo‗lib,
xodimlar tomonidan kutilgani kabi amalga oshirilmaydi.
–
Foydalanuvchan bo„lishi
: siyosat tashkilotning turli sektorlari bo‗ylab oson
foydalanishli yozilishi va loyihalanishi shart. Yaxshi yozilgan siyosatlar
boshqarishga va amalga oshirishga oson bo‗ladi.
–
Iqtisodiy asoslangan bo„lishi
: tashkilotlar tejamkor va o‗z
xavfsizligini
kuchaytiruvchi siyosatni amalga oshirishlari shart.
–
Amaliy bo„lishi
: siyosatlar reallikka asoslangan amaliy bo‗lishi kerak. Real
bo‗lmagan siyosatning amalga oshirilishi tashkilotga muammo tug‗diradi.
Barqaror bo‗lishi: tashkilot o‗zining siyosatini amalga oshirishda barqarorlikga
ega bo‗lishi kerak.
–
Mulojaviy bardoshli bo„lishi
: siyosat muolajalari amalga oshirilganida, ular ish
beruvchi va ishlovchiga mos bo‗lishi kerak.
–
Kiber va yuridik qonunlarga, standartlarga, qoidalarga va yo„riqnomalarga
mos bo„lishi
: amalga oshiriluvchi ixtiyoriy siyosat kiber qonunlar asosida
ishlab chiqilgan qoidalar va yo‗riqnomalarga mos bo‗lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: