24
4-
ma‘ruza
Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati
Reja:
1.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi.
2.
Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish.
Tayanch iboralar:
Kiberxavfsizlik arxitekturasi, Tijorat arxitekturasi,
Axborot arxitekturasi, Ilovalar arxitekturasi, Infrastruktura arxitekturasi, Xavfsizlik
arxitekturasi, Kiberxavfsizlik siyosati.
4.1
Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‗plami ko‗ndalangki, beqaror
iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi.
Bunday masalalarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
➢
daromadning oshishi;
➢
o‗zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
➢
harajat va chiqimlarning pasayishi;
➢
innovatsiyaning tezlashishi;
➢
bozorga
mahsulot
va
xizmatlarni taqdim
etish
vaqtining
qisqarishi;
➢
buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;
➢
raqobatlik qobiliyatining oshishi;
➢
me‘yoriy talablarga moslikni ta‘minlash.
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan
foydalaniladi (4.1-rasm). Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va
texnologiyalar naborini shakllantirishga
imkon beradiki, ular tashkilotning joriy
holatini hisobga olgan holda uning kelgusi transformasiyasi, o‗sishi va rivojlanishi
asosini belgilaydi.
4.1
Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar bilan bog‗liqligi
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlarmavjud,
masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h. Ammo,
qaysi bir
yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan
va axborot tizimidan
25
foydalanmay rivojlanish mumkin emas.
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‗zgarishlarni
madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba‘zi
xollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo bo‗lishiga yordam beradi. Biroq
tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi. Bunda ma‘lumotlarning sirqib chiqishi,
axborot texnologiyalari infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h.
bilan
bog‗liq axborot operatsion risklar anchagina rol o‗ynaydi. Hozirgi va kelajak
risklarga tayyor bo‗lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy
bog‗langan axborotxavfsizligi arxitekturasi zarur.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi
jarayonlarni, inson rolini,
texnologiyalarni va
turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va
o‗zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning
arxitekturasi tashkilotning va u bilan bog‗liq
boshqa komponentlar va
interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi xolatini tavsiflaydi. Bunda
axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi
ehtiyojini akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptual,
mantiqiy va amalga
oshirish (texnologik). 4.2-rasmda bunday arxitektura keltirilgan bo‗lib, odatda
texnologiyalar jihatidagi qismi xavfsizlik xizmati nazoratidan chetda qoladi.
4.2
Kiberxavfsizlik arxitekturasi
Joriy holatdan qanday qilib yangi, mukammalroq va quyilgan maqsadlarga
mos holatga o‗tish mumkin? Buning uchun strategiya, ya‘ni quyilgan maqsadlarga
erishish uchun harakat yo‗nalishi mavjud.
Strategiya
– korxonaning davomli muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishini
ta‘minlashga mo‗ljallangan strukturalangan va o‗zaro bog‗langan
harakatlar
to‗plami. 4.3-rasmda arxitektura bilan strategiyaning o‗zaro bog‗liqligi keltirilgan.
26
Strategiya kiberxavfsizlik arxitekturasi ko‗rinishidagi maqsadga ega bo‗lgan holda
unga erishishning optimal yo‗lini belgilaydi.
4.3
Arxitektura bilan strategiyaning o‗zaro bog‗liqligi
Ko‗pincha strategiya va arxitektura tushunchalarini farqlamay arxitektura
tavsifini o‗z ichiga olgan kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu unchalik
to‗g‗ri emas, chunki arxitektura, ya‘ni maqsadlar vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmasligi, bu
maqsadlarga erishishdagi strategiya esa tashqi va ichki omillarga bog‗liq holda jiddiy
o‗zgarishi mumkin. Strategiya va arxitektura bitta hujjatda tavsiflansa, strategiya
o‗zgarganida arxitekturani ham o‗zgartirishga to‗g‗ri keladi.
Dostları ilə paylaş: