40
Agar shifrlash jarayonida ochiq ma‘lumot alfaviti belgilari shifr ma‘lumot
alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi
o„rniga qo„yish shifrlash
sinfiga kiradi.
Agar shifrlash jarayonida ochiq ma‘lumot alfaviti belgilarining o‗rinlari
almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi
o„rin almashtirish shifrlash
sinfiga kiradi.
O‗rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma‘lumotni
tashkil etuvchi
alfavit belgilarining ma‘nosi shifr ma‘lumotda ham o‗zgarmasdan qoladi.
O‗rniga qo‗yish shifrlash algoritmlarida shifrma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit
belgilari ma‘nosi ochiq ma‘lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma‘nosi bilan
bir hil bo‗lmaydi.
Shifrlash jarayonida o‗rniga qo‗yish va o‗rin almashtirish akslantirishlarining
kombinatsiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi
kompozitsion
shifrlash
turkumiga kiradi.
Demak, shifrlash algoritmlari akslantirish turlariga qarab o‗rniga qo‗yish, o‗rin
almashtirish va kompozitsion shifrlash sinfiga bo‗linadi.
O„rniga qo„yish akslantirishi.
Ushbu akslantirish sodda va zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning
asosi hisoblanadi. O‗rniga qo‗yish akslantirishida, ochiq matn belgilari bir alfavitdan
olinib, unga mos shifrmatn boshqa bir alfavitdan olinadi. O‗rniga qo‗yish
akslantirishida ochiq matndagi belgilar shifrmatnda bo‗lmasligi mumkin. Biroq,
ochiq matndagi belgilarning takrorlanish chastotasi shifrmatndagi belgilarda ham bir
xil bo‗ladi (ko‗p alifboli o‗rniga qo‗yish usullari bundan mustasno). Masalan,
yuqoridagi misolda ochiqmatndagi ―L‖ harfining takrorlanish chastotasi 2 ga teng.
Uning o‗rniga qo‗yilgan shifrmatndagi ―O‖ harfining ham takrorlanish chastotasi 2
ga teng. Bu holat ochiqmatndagi qolgan belgilar uchun ham o‗rinli.
Dostları ilə paylaş: