36
Steganografik himoya
Steganografiya texnologiyasining jadal rivojlanishi
asosan uning mualliflik
huquqini ta‘minlash (copyright protection)da foydalanilishi sabab bo‗ldi. Internet
tarmog‗ining jadal rivojlanishi, u orqali ma‘lumot
almashinishining ortishi, rasm,
musiqa va video ko‗rinishidagi ma‘lumotlarni ko‗chirilishi va yuklanishi, o‗z
navbatida mualliflik huquqini ta‘minlash muammosini keltirib chiqardi.
Dastlabki ma‘lumotlar analog shaklda yozilgan bo‗lib, unda bu muammo
uncha sezilmagan. Sababi, anaolog ma‘lumotdan qayta-qayta ko‗chirilishi natijasida
ma‘lumot sifati kamayib boradi. Ammo, raqamli shaklda ma‘lumotlarni
yozish
imkoni natijasida, ko‗chirilgan va asl ma‘lumot orasida sezilarli farq bo‗lmaydi. Bu
esa, ma‘lumotlarni qalbakilashtirish, mualliflik huquqini buzulishiga olib keldi.
Ma‘lumot himoyasining dastlabki usullaridan biri bu – kriptografiya sanaladi.
Kriptografiya raqamli ma‘lumot himoyasini ta‘minlashda keng foydalanilayotgan
usuldir. Kriptografiyada, xabar jo‗natuvchi ma‘lumotni maxfiy kalit bilan shifrlaydi
va shifrlangan ma‘lumotni internet tarmog‗i orqali yuboradi. Qabul qiluvchi,
shifrlangan ma‘lumotni maxfiy kalit bilan deshifrlaydi va ma‘lumotga ega bo‗ladi.
Ammo, kriptografiyada mahsulot sotuvchi o‗z mahsulotlarini deshirfrlangandan
keyin monitoring qilish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi. Masalan, sotib oluvchi qonuniy
ma‘lumotni sotib oladi va kalit bilan uni deshifrlaydi. Shundan so‗ng, ochiq matnga
ega bo‗ladi va uni noqonuniy tarzda sotish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Boshqa so‗z
37
bilan
aytganda, kriptografiya ma‘lumotlarni almashinish jarayonida xavfsizligini
ta‘minlay oladi.
Buning natijasida, ma‘lumotni deshifrlangandan so‗ng
ham uni himoyasini
ta‘minlash muammosi dolzarb bo‗lib qoldi. Steganografiya texnologiyasida kontent
ichida
joylashtirilgan
watermark
odatiy
foydalanilganda,
shifrlanganda,
deshirfrlanganda, raqamli – analog almashtirishda, siqish jarayonlarida o‗chib
ketmaydi.
Hozirda watermark (suv shaklidagi belgi) texnologiyasidan qurilmalar va
dasturiy mahsulotlarni noqonuniy tarzda foydalanishlardan
himoyalashda keng
foydalanilmoqda.
Elektron ma‘lumot almashinishi ortishi natijasida ularni noqonuniy tarzda
qo‗lga kiritish, o‗rtada turib eshitish yoki ma‘lumotni ushlab qolish
kabi tahdidlar
keng tarqaldi. Ushbu tahdidlarga qarshi kriptografiyadan keng foydalanilsada,
kriptografiya texnologiyasida katta hisoblashlar va matematik amallarni bajarish
talab etiladi.
Steganografiyada esa ochiq ma‘lumot orqasida maxfiy ma‘lumotni
yashirish
sodda hisoblashni talab etadi. Bu esa bu texnologiyani istalgan joyda foydalanish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: