38
zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil qilinadi va maxsus usullar asosida
ikkinchi tomonga xavfsiz tarzda yetkaziladi.
Ochiq kalitli kriptografiya.
Ma‘lumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq
kaliti bilan amalga oshirilsa,
uni deshifrlash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi. Shuning
uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni – ikki kalitli
kriptotizimlar deb ham
yuritiladi. Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma‘lumot almashinuvi uchun
dastlab, yuboruvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‗lishi kerak.
Xesh funksiya tushunchasi
Xesh funksiya deb
ixtiyoriy uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) ma‘lumotni
biror fiksirlangan (qayd qilingan) uzunlikdagi (bit yoki bayt birliklarida) qiymatga
o‗tkazuvchi funksiyaga aytiladi. Xesh funksiyalar statistik tajribalarni o‗tkazishda,
mantiqiy
qurilmalarni tekshirishda, tez qidirib topish algoritmlarini tuzishda va
ma‘lumotlar bazasidagi ma‘lumotlarning to‗laligini tekshirishda qo‗llaniladi.
Masalan, har xil uzunlikdagi ma‘lumotlarning katta ro‗yxatidan kerakli ma‘lumotni
tez qidirib topishda bu ma‘lumotlarni bir-biri bilan taqqoslashdan ko‗ra,
ularning
nazorat yig‗indisi vazifasini bajaruvchi xesh qiymatlarini solishtirish qulayroqdir.
39
Kalitli xesh funksiyalarni qo‗llashda ularga quyidagi asosiy talablar qo‗yiladi:
•
soxtalashtirish imkoniyati mavjud emasligi;
•
modifikatsiyalashning imkoniyati yo‗qligi.
O‗zbekiston Respublikasining xesh funksiya davlat standarti O‗z DSt
1106:2006 da kalitli xesh funksiya keltirilgan bo‗lib, kalit uzunligi 128 bit yoki 256
bit bo‗lishi mumkin. Yevropa Hamjamiyatining RACE dasturi doirasida ishlab
chiqilgan RIPE-MAC3 xesh funksiya algoritmlari, Nippon Telephone and Telegraph
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan N-xesh xesh funksiya algoritmi, shuningdek
CBC-MAC va CRC-MAC xesh funksiyalarini kalitli xesh
funksiya algoritmlariga
misol qilib keltirishimiz mumkin.
Kalitsiz xesh funksiyalar xatolarni aniqlash kodlari (Modification detection
code (MDC) yoki
manipulation detection code, message integrity code (MIC)) deb
ham yuritiladi. Kalitsiz xesh funksiya – qo‗shimcha vositalar (shifrlash yoki raqamli
imzo) yordamida ma‘lumotning to‗laligini kafolatlaydi. Bu xesh funksiyalar bir-
biriga ishonmaydigan foydalanuvchilar tizimlarida ishlatiladi.
Odatda kalitsiz xesh funksiyalardan quyidagi xossalarni
qanoatlantirishi talab
etiladi:
•
bir tomonlamalik;
•
kolliziyaga bardoshlilik;
•
xesh qiymatlari teng bo‗lgan ikkita ma‘lumotni topishga bardoshlilik.
Dostları ilə paylaş: