83
12.6-rasm. ―-Property‖ xususiyati uchun axborot oqimlari sxemasi
3.
“Chaqiruv xususiyati” (Invocation Property).
Ushbu
qoidaga binoan subyekt
yaxlitlikning yuqori sathidagi subyektdan servisni so‗rayolmaydi.
Ta‘kidlash lozimki, Biba modelidagi yaxlitlik sathlarini ishonchlilik sathi
sifatida qabul qilmoq lozim. Mos axborot oqimlarini esa axborotni ma‘lumotlarning
yuqori ishonchli majmuidan ishonchligi pastrog‗iga va
aksincha uzatish kabi qabul
qilish lozim.
Mantiqiy va fizik foydalanishlarni boshqarish.
Foydalanishni boshqarishning
mantiqiy vositalari infrastruktura va uning
ichidagi tizimlarda mandat, tasdiqlash,
avtorizatsiya va majburiyatlar uchun foydalaniladi.
Ushbu komponentlar tizimlar,
ilovalar, jarayonlar va axborot uchun foydalanishni boshqarish choralarini qo‗llaydi.
Shuningdek, foydalanishni boshqarishning mazkur usuli dastur,
operatsion tizim,
ma‘lumotlar bazasida ham qo‗llanilishi mumkin. Fizik foydalinishni boshqarish
mexanik ko‗rinish bo‗lib, qulflanuvchi xonadan fizik foydalanishga o‗xshatish
mumkin. Foydalanishni boshqarishni aslida mantiqiy va fizik turga ajratishning o‗zi
noaniq hisoblanadi. Masalan, fizik nazoratlash odatda dasturlar, kartadagi chiplar va
dasturiyta‘minot orqali ishlovchi elektrik qulflar orqali ishlaydi. Ya‘ni, bu o‗rindafizik
foydalanishga mantiqiy deb ham qarash mumkin.
Dostları ilə paylaş: