84
13-
ma‘ruza
Ma‘lumotlarni fizik himoyalash
Reja:
1.
Fizik xavfsizlik tushunchasi.
2.
Fizik xavfsizlik vazifasi va zaruriyati.
3.
Fizik xavfsizlikka ta‘sir qiluvchi omillar.
Tayanch iboralar:
Fizik xavfsizlik, qurilmalar, fizik xavfsizlik vazifasi, fizik
xavfsizlik zaruriyati, fizik xavfsizlik omillari.
13.1
Fizik xavfsizlik tushunchasi
Axborot xavfsizligini ta‘minlashda amalga oshiriladigan dastlabki choralardan
biri bu – fizik xavfsizlik hisoblanadi.
Ruxsatsiz fizik boshqaruvni, shaxslar amalga
oshiradigan va muhitga bog‘liq tahdidlarni oldini olish uchun tashkilotlar mos fizik
xavfsizlik boshqaruvi sharoitida bo‘lishi shart. Tizim ma‘muri
fizik xavfsizlikga
qaratilgan tahdidlardan himoyalanish uchun fizik xavfsizlik choralari o‘rnatilgani va
me‘yorida ishlayotganini kafolatlashi zarur.
Fizik xavfsizlik qurilmalarni,
shaxslarni, tarmoq va ma‘lumotlarni
hujumlardan himoyalaydi. Ma‘lumot, tarmoq va qurilmalar himoyasi o‘zida tabiiy va
sun‘iy (inson tomonidan qilingan) tahdidlardan himoyalash vositalarini
mujassamlashtiradi. Tashkilotlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda
mos himoya
vositalaridan foydalanishda o‘z infratuzilmasi va axborot tizimlarining fizik
xavfsizligiga ta‘sir qiluvchi barcha holatlarni inobatga olishi shart.
Fizik xavfsizlik
– tashkilot axborot xavfsizligi dasturining muhim qismlaridan
biri bo‘lib, oldingi davrlarda insonlar fizik xavfsizlikni ta‘minlashda kalit, qo‘riqchi,
to‘siq, eshik va shunga o‘xshash vositalaridan foydalanganlar. Hozirgi kunda, fizik
xavfsizlikning shakli keskin o‘zgarib bormoqda va tashkilotlardan
ishchi kuchlari,
aktivlar va ko‘chmas mulklar himoyasining nazorati talab etilmoqda. Mazkur
aktivlarning fizik xavfsizligini ta‘minlash tashkilot uchun
muhim vazifalardan biri
bo‘lib, fizik xavfsizlikni loyihalashda binoning arxitekturasiga, jixozlanishiga, ishchi
kuchlariga, tabiiy hodisalarga,
quvvat manbaiga, haroratni nazoratlashga va
boshqalarga e‘tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: