Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Tarmoq kartasi 
Tarmoq kartasi (Network Interface Card, NIC). Hisoblash qurilmasining 
ajralmas qismi bo‘lib, qurilmani tarmoqqa ulash imkoniyatini taqdim etadi. 
Qurilmalar aynan ushbu elektron mikrosxema asosida simli yoki simsiz tarmoqqa 
ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Repetir. Tarmoq repetiri odatda signalni tiklash yoki qaytarish uchun 
foydalanilib, uzatilish davomida yo‘qolgan analog va raqamli signallarni tiklaydi. 
Bundan tashqari, ushbu qurilmalar turli protokollar tomonidan uzatilayotgan 
ma‘lumotlarni o‘tkazish imkoniyatiga ega. 
Xab. Xab tarmoq qurilmasi bo‘lib, ko‘plab tarmoqlarni ulash yoki LAN 
segmentlarini bog‘lash uchun xizmat qiladi. Xabning asosiy vazifasi bir qurilmadan 
kelgan ma‘lumotni qurilmaning boshqa portiga ulangan qurilmaga uzatishdan iborat. 
Svitch. Simli va simsiz LANlar uchun tarmoq svitchlari asos qurilma 
hisoblanib, u simli va simsiz kabel orqali tarmoqdagi qurilmalardan signalni qabul 
qiladi. Har ikkala holda ham qabul qilgan signalni LAN orqali kompyuterlarga 
uzatadi. Svitchlar xablardan farqli qabul qilingan signalni barcha chiquvchi portlarga 
emas, balki, paketda manzili keltirilgan portga uzatadi. 
Routerlar. Routerlar yuqorida keltirilgan tarmoq qurilmalariga qaraganda 
murakkab tuzilishga ega bo‘lib, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydi. Router 
qabul qilingan ma‘lumotlarni tarmoq sathida tegishli manzil (IP manzil) bo‘yicha 
uzatadi. 
Ko‘priklar. Ko‘priklar tarmoq chegarasida trafikni filterlashni amalga oshiradi. 
Ko‘prik har bir ma‘lumotlar paketidagi MAC manzillarni o‘qib oladi va ularni 
masofadagi qurilmaga yuboradi. Ko‘priklar mantiqiy qurilma bo‘lib, har bir tarmoq 
segmentini alohida qaraydi. 
Shlyuzlar. Shlyuzlar ichki tarmoqqa ulanishga harakat qiluvchi boshqa tarmoq 
uchun kiruvchi nuqta vazifasini o‘tasa, o‘z navbatida tashqi tarmoqqa ulanishga 
harakat qiluvchi ichki tarmoq uchun chiqish nuqtasi vazifasini o‘taydi. Bu yerda, 
shlyuz vazifasini ishchi stansiyalar yoki serverlar bajarishi mumkin. 


91 
DNS (Domain name system). DNS tizimlari host nomlari va Internet 
nomlarini IP manzillarga o‘zgartirish yoki teskarisini amalga oshiradi. DNS o‘z 
ilovalarini TCP/IP tarmog‘idan qidiradi. DNS xizmati foydalanuvchi tomonidan 
kiritilgan DNS nomini mos IP manzilga o‘zgartirib beradi. Masalan, DNS xizmati 
www.example.com domen nomini 192.105.232.4 IP manziliga o‘zgartirib beradi. 
TCP protokoli. TCP protokoli ulanishga asoslangan protokol bo‘lib, Internet 
orqali ma‘lumotlarni almashinuvchi turli ilovalar uchun tarmoq ulanishlarini 
sozlashga yordam beradi. TCP mavjud kompyuter bir tarmoqda turgan yoki boshqa 
tarmoqdagi foydanuvchi kompyuteriga ma‘lumotni yuborish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. TCP protokoli qabul qiluvchi tomonida manbadan uzatilgan barcha 
xabarlarni qabul qilinganini kafolatlaydi. TCP protokoli xabarni barchaga uzatmaydi 
(broadcasting imkoniyati mavjud emas), ya‘ni, paket aynan faqat masofadagi 
foydalanuvchiga yetkaziladi. www, e-mail, masofadan turib boshqarish yoki fayl 
transferini amalga oshiruvchi ilovalar o‘z vazifasini TCP protokollari asosida amalga 
oshiradi. 
UDP protokoli. UDP ulanishga asoslanmagan protokol bo‘lib, Internetda 
ilovalar orasida kam kechikishli va past chidamlilik darajasidagi aloqani ta‘minlaydi. 
TCP protokolidan farqli, UDP protokoli ma‘lumotlarni to‘liq yetib kelishini 
kafolatlamaydi. UDP protokoli ma‘lumotni raqamlangan paketrlar shaklida emas, 
balki, tarmoq bo‘ylab datagramma shaklida uzatadi. UDP protokolidan odatda o‘yin 
va video ilovalar tomonidan keng foydalaniladi. 
IP (Internet Protocol) protokoli. IP protokoli TCP/IP aloqa protokollari 
to‘plamida taqdim etilgan tarmoq sathida ishlovchi protokol bo‘lib, ma‘lumotni 
yuborishdan oldin aloqa o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan manzil ma‘lumotlari bilan 
ta‘minlaydi. IP protokolining ikki versiyasi mavjud: Internet protocol version 4 
(IPv4) va Internet protocol version 6 (IPv6). IPv4 protokoli amalda keng 
qo‘llaniluvchisi bo‘lib, 32-bitli manzillashdan foydalanadi. IPv6 da esa manzilni 
ifodalash uchun 128 bit xotira ajratiladi. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə