Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

13.2
 
Fizik xavfsizlik vazifasi va zaruriyati 
Fizik xavfsizlikning vazifasi 
dasturiy ta‘minot va qurilmalarni o‘z ichiga 
olgan tashkilot binosini va aktivlarini o‘g‘irlikdan, bosqinchilikdan, tabiy ofatlardan, 
iqlim o‘zgarishlaridan, muhit o‘zgarishlaridan va inson tahdidlaridan himoyalashdir. 
Tashkilotni mos ko‘p sathli himoyalash choralari turli fizik tahdidlardan 
himoyalaydi. Xavfsizlikning birinchi sathi tashkilot binolariga tashqaridan kirishni 
va tashqi transport vositalarining harakatini nazoratlaydi. Mazkur himoya sathi 
tashqaridan keluvchini yoki buzg‘unchini tashkilot binosiga ruxsatsiz kirishini oldini 
oladi va tashkilotga dastlabki sathda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytiradi. 


85 
Himoyaning keyingi sathi transportlarni, insonlarni va boshqa tashkilot aktivlarini 
ichki va tashqi xavflardan himoyalaydi. Ushbu sathda uzluksiz elektr quvvati bilan 
ta‘minlash, tashkilot asosiy binolarini mashinalar to‘xtash joylaridan ajratish, to‘g‘ri 
ventilyasiya tizimiga ega yaxshi jixozlangan suv quvur tizimini mos joyga o‘rnatish, 
ogohlantirish tizimlari va h. ushbu bosqichda amalga oshiriladi. Keyingi sath fizik 
himoyaning eng muhim qismi bo‘lib, tashqaridan va ichkaridan (xodimlar) 
kiruvchilar nazoratlanadi. Agar buzg‘unchi fizik aktivga hujumni amalga oshirsa, u 
tashkilotning maxfiy axborotini qo‘lga kiritishi mumkin. 
Fizik 
xavfsizlikning 
zaruriyati. 
Kiberxujumlarning 
murakkablashuvi 
hujumchilarning tashkilot fizik xavfsizligini buzishda turli usullardan foydalanishiga 
olib kelmoqda. Hujumchilar tashkilotning fizik xavfsizlik tizimidagi zaifliklardan 
foydalanb o‘z harakatlarini amalga oshirishadi. AQShning Department of Health and 
Human Services Breach Portal tashkiloti tadqiqotlari 2015 yilda tashkilotlarda eng 
ko‘p uchraydigan xavfsizlik insidentlari fizik xavfsizlikni buzishga urinishlar 
ekanligini ko‘rsatgan. 
1-
rasm. HIPAA (Health Insurance Portability and Accountability Act) tadqiqotlariga 
ko‘ra buzilishlar diagrammasi. 
Fizik xavfsizlikni buzilishi boshqa xavfsizliklarni buzilishlaridan keskin farq 
qilib, ular juda ham kam hollarda texnik ma‘lumotsiz amalga oshirilishi mumkin. 
Ana‘naviy xavfsizlik choralari, masalan, tarmoqlararo ekran (FireWall), IDS 
(Instrusion Detection System) va boshqa himoya vositalarining fizik xavfsizligi 
ta‘minlanmagan bo‘lsa, fizik xavfsizlik muammolari yanada ortadi. Masalan, 
tarmoqlararo ekran OSI modelining turli sathlarida himoyani tashkil etadi. Biroq, 
tashkilotning fizik xavfsizligiga ta‘sir eta olmaydi. 


86 
2-
rasm. Tarmoq sathlarida tarmoqlararo ekranlardan foydalanilishi. 
Fizik himoya tarmoq, ilova yoki ma‘lumotlar bazasi xavfsizligi sohalariga 
o‘xshash funksiyalarni bajarmay fizik xavfsizlik OSI modelining fizik sathida 
himoyani ta‘minlaydi. Fizik sath quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-
barcha kabel va tarmoq tizimlari; 
-
tizim va kabellarni fizik nazoratlash; 
-
tizim va kabellarning elektr ta‘minoti; 
-
tizimni madadlash muhiti. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə