87
qurilmalarning xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari,
chaqmoq va
momaqaldiroq natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar
yuzaga kelishi mumkin.
Hisoblash qurilmalari mo‘tadil ishlashi uchun ular ma‘lum haroratli muhitda
bo‘lishlari talab etiladi. Kompyuter vositalari
yuqori haroratda ishlashga
mo‘ljallanmagan. Kompyuter tizimlarida sovutish tizimlari mavjud bo‘lsada, tashqi
yuqori harorat ularning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Tashkilotdagi elektr va
elektron jixozlar namlikni o‘zgarishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqori namlik karroziyaga,
qisqa tutashuvlarga sababchi bo‘ladi yoki magnetik va optiq saqlovchilarga jiddiy
ta‘sir qiladi.
Sun‘iy tahdidlar. Fizik komponentlarga va tarmoqqa bo‘ladigan salbiy
ta‘sirlarning aksariyat qismi insonlar tomonidan bilmay
yoki atayin qilingan xato
natijasida yuzaga keladi. Fizik xavfsizlik tizimiga insonlar tomonidan bo‘ladigan
quyidagi tahdidlar mavjud:
Vandalizim. Xafa bo‘lgan xodimlar yoki sobiq xodimlar tizim
komponentlarini buzish yoki zarar yetkazish orqali tizimni obro‘sizlantirishga
harakat qilishlari mumkin.
Qurilmaning yo‘qolishi. Ruxsatsiz foydalanish muhim axborot yoki qurilmani
yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Agar qurilma himoyasi yetarli darajada bo‘lmasa, uning
o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.
Fizik qurilmalarning buzilishi. Qurilmalarning noto‘g‘ri ishlashi, masalan,
qurilmalarning yoki ma‘lumotlarning noto‘g‘ri saqlanganligi,
zararlangan
qurilmalarni almashtirilmaganligi va zaif kabellar fizik qurilmalarga jiddiy zarar
yetkazishi mumkin.
O‘g‘irlash. Xavfsizlik tizimidagi zaifliklar jixozlarning o‘g‘irlanishiga sabab
bo‘ladi.
Terrorizm. Tashkilot yaqinidagi yoki uning ichidagi
terrorchilik harakatlari,
masalan, mashinaga qo‘yilgan, shaxslarda mavjud bo‘lgan yoki masofadan turib
boshqariluvchi bomba portlashi natijasida tashkilot fizik xavfsizligiga turlicha zarar
etkazilishi mumkin.
Ijtimoiy injineriya. Sosial injineriya shaxsiy
axborotni boshqa shaxslar
tomonidan noqonuniy qo‘lga kiritish maqsadida qilgan harakatlari sifatida qaraladi.
Buzg‘unchi tashkilot xodimlaridan sosial injineriya orqali ruxsatsiz fizik
nazoratlashdan daromad ko‘radi.
Tizimlarni ruxsatsiz nazoratlash. Har ikkala, ichki va tashki foydalanuvchilar
ham tashkilot haqidagi axborot yoki tizimni ruxsatsiz boshqarishga harakati.
Dostları ilə paylaş: