Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 5,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/130
tarix30.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#166247
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Kiberxaxfsizlik asoslari o\'quv uslubiy majmua 1

Nazorat savollari 
1.
Fizik xavfsizlik nima uchun kerak? 


88 
2.
Fizik xavfsizlik zaruriyati. 
3.
Fizik xavfsizlik omillari. 


89 
14-
ma‘ruza 
Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsziligi muammolari 
Reja: 
1.
OSI va TCP/IP. 
2.
Tarmoq xavfsizligi muammoalari 
3.
Tarmoq xavfsizligi zaifliklarining turlari 
Tayanch iboralar: 
OSI, TCP/IP, Tarmoq xavfsizligi, Tahdid, Zaiflik, DOS, 
DDOS, Razvedka hujumi. 
Kompyuter tarmoqlari bu – bir biriga osonlik bilan ma‘lumot va resurslarni 
taqsimlash uchun ulangan kompyuterlar guruhi bo‘lib, bunda kompyuter axborotni 
ma‘lumot yo‘llari orqali uzatadi. Keng tarqalgan kompyuter tarmog‘iga Internetni 
misol keltirish mumkin. 
14.1
 
OSI va TCP/IP 
OSI (Open System Interconnection) modeli bu - tarmoq bo‘ylab ma‘lumotlar 
almashinuvini aniqlashtirish uchun taqdim etilgan etalon model bo‘lib, bir 
qurilmadan tarmoq orqali boshqa qurilmaga ma‘lumot oqib o‘tishini tasvirlaydi. OSI 
modeli ikki nuqta orasidagi aloqani 7 ta turli sathlarga ajratadi. Ushbu modelda 
ma‘lumotlar yuboruvchi kompyuterda yuqori sathdan pastki sathga qarab 
harakatlansa, qabul qiluvchi kompyuterda esa pastki sathdan yuqoriga qarab 
harakatlanadi. 
TCP/IP modeli bu - 4 sathdan iborat bo‘lib, Department of Defense (DOD) 
tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu modeldagi har bir sath turli vazifalarni bajaradi 
va ma‘lumotni yuboruvchi qurilmada ma‘lumot 4 - sathdan birinchi sathga qarab 
harakatlansa, qabul qiluvchi mashinada birinchi sathdan to‘rtinchi sathga qarab 
harakatlanadi. 
Kompyuter tarmoqlarining turlari. Kompyuter tarmoqlari turli omillar 
bo‘yicha bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, o‘lchami bo‘yicha, vazifasi 
bo‘yicha yoki geografik masofasi bo‘yicha. Tarmoq tarqalgan sohaning o‘lchamiga 
va tarmoqdagi kompyuterlarning soniga ko‘ra quyidagicha guruhlarinishi mumkin: 
-
lokal tarmoq (Local Area Network, LAN); 
-
mintaqaviy tarmoq (Wide Area Network, WAN); 
-
shahar tarmog‘i (Metropolitan Area Network, MAN); 
-
shaxsiy tarmoq (Personal Area Network, PAN); 
-
kampus tarmog‘i (Campus Area Network, CAN); 
-
global tarmoq (Global Area Network, GAN). 
Tarmoq topologiyalari. Tarmoq bo‘ylab kompyuterlar ma‘lum topologiyalar 
yordamida mantiqiy bog‘lanishlarni amalga oshiradi. Topologiya tarmoqning 
tuzilishini aniqlab, tarmoqning mantiqiy va fizik joylashuvini hisoblaydi. Fizik 
topologiya kompyuter tizimlari komponentlarining tuzilishini aniqlasa, mantiqiy 


90 
topologiya kompyuterlar orasidagi tarmoqda ma‘lumotlarni uzatish usullarini 
aniqlaydi. Amalda keng qo‘llaniluvchi tarmoq topologiyalariga quyidagilarni misol 
keltirish mumkin: 
− yulduz topologiya; 
− shina topologiya; 
− halqa topologiya; 
− mesh topologiya; 
− daraxt topologiya; 
− gibrid topologiya. 

Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə