vismut, kadmiy va boshqa yarimo‘tkazgichlar ishlatiladi. Yarimo‘tkazgichni
yoritishda o‘tkazuvchi maydondan o‘tadigan
elektronlar soni va elektr
o‘tkazuvchanligi ortadi.
Yorug‘lik tavsifi, volt-amper tavsifi, spektral tavsifi fotorezistorlarning asosiy
tavsiflari hisoblanadi. Fotorezistorlar integral sezgirligining yuqoriligi sababli,
ular avtomatika va telemexanikaning ba’zi bir qurilmalarida keng ishlatiladi
(2.29-
rasm)
Quyosh fotoelementlari va fotodiodlar, ularning ishlatiladigan sohasi
Ventilli fotoelementlarda yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri
elektr
energiyasiga aylanadi, shuning uchun ularga
begona tok manbalari kerak
bo‘lmaydi. 1954-yildan boshlab ventil fotoelementlari quyosh batareyalarini
yasashda ishlatilmoqda. Bunday quyosh batareyalarini Yerning sun’iy
yo‘ldoshlarida muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. O‘zbekistonda
bunday
batareya Тoshkent viloyatining Kumushkon qishlog‘ida joylashgan. Quyosh
fotoelementining tuzilishi juda oddiydir. U n-tipidagi kremniy
plastinkasidan iborat
bo‘lib, unga mishyak atomi aralashma sifatida kiritilgan. Plastinka yuzasiga
diffuziya orqali vakuumda
bor elementi kirgiziladi, u teshikli elektr o‘tkazuvchi
maydon hosil qiladi (
2.30-rasm
). p –elektr o‘tkazuvchanlikning qalinligi 2ч3 mkm
dan oshmaydi, shuning uchun yorug‘lik energiyasi p-n o‘tish hududiga oson kiradi.
Elektron-teshik o‘tishi teskari qarshiligining yorug‘lik ta’sirida o‘zgarishi
xususiyatini ishlatadigan asbobga fotodiod deyiladi. Fotodiodlarning sezgirligi juda
yuqori bo‘lganligi ularni hisoblash va o‘lchov texnikasi avtomatikasi qurilmalarida
ishlatishga imkon beradi
Dostları ilə paylaş: