Тo‘yingan kuchlanish sodir bo‘lganda, fotokatod
bilan nurlanuvchi barcha
elektronlar anod yuzasiga yetadi va keying tokning juda kichik o‘sishi
kuchlanishning o‘sishi bilan elektrostatik
emissiyaning ta’siriga asosan sodir bo‘ladi. Yorug‘lik oqimining o‘sishi bilan
(F3>F2>F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko‘tarila boradi, chunki vaqtning birligida
fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko‘payib boradi. Fotoelementlar
signalizatsiya
sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda ishlatiladi.
2.27-
rasmda
fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi keltirilgan.
Fotoelektron ko‘paytirgichlar
Fotoelektron ko‘paytirgich tashqi
fotoeffektli elektrovakuum
fotoelementlarning xili hisoblanadi. Fotoelektron ko‘paytirgichlar rus injeneri
L.A.Kubetskiy tomonidan 1930-yilda ixtiro qilingan.
Fotoelektron ko‘paytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga aytiladiki,
unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyadan foydalanish yo‘li bilan
amalga oshiriladi (
2.28-rasm
). Fotoelektron ko‘paytirgichlarning kamchiligi vaqt
o‘tishi bilan sezgirligining pasayishi (qarishi)
hisoblanadi, undan tashqari ularga
katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 V gacha).
Dostları ilə paylaş: