Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 80,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü80,84 Kb.
#182996
1   2   3   4   5   6
OLIMJONOV

II.ASOSIY QISM 
Lampali fotoelementlarning tuzilishi, ishlash tartibi, asosiy tavsiflari va 
parametrlari 
 
Elektrovakuumli fotoelement shisha ballon bo‘lib, unda 10-6 mm simob
ust. atrofida bosimli vakuum hosil qilingan va unga ikkita elektrod — fotokatod K 
va anod A joylashtirilgan. Shisha ballon ichki yuzasining yarmiga, ya’ni ichki
yarimsferaga katod qo‘yiladi. Katod materiali sifatida kislorod bilan 
aktivlashtirilgan seziy ishlatiladi, ba’zida surmali-seziyli katod (SbCs3)
tayyorlanadi.
Katodning uchini shisha ballonning yon qismida joylashtiriladi. 
Elektrovakuum fotoelementlarning volt-amper tavsiflari If = f (Ua) shuni 
ko‘rsatadiki, fototok boshida kuchlanishning ko‘payishi bilan tez o‘sib boradi, so‘ng 
yorug‘lik oqimi F-const bo‘lganda, deyarli o‘zgarishsiz qoladi.
Buni quyidagicha tushuntirish mumkin (
2.26- rasm
).


Тo‘yingan kuchlanish sodir bo‘lganda, fotokatod bilan nurlanuvchi barcha 
elektronlar anod yuzasiga yetadi va keying tokning juda kichik o‘sishi 
kuchlanishning o‘sishi bilan elektrostatik 
emissiyaning ta’siriga asosan sodir bo‘ladi. Yorug‘lik oqimining o‘sishi bilan 
(F3>F2>F1) volt-amper tavsifi yuqoriga ko‘tarila boradi, chunki vaqtning birligida
fotokatod bilan nurlangan elektronlarning soni ko‘payib boradi. Fotoelementlar
signalizatsiya sxemalarida, fototelegraflarda, ovozli kinolarda ishlatiladi. 
2.27-
rasmda
fotoeffektli fotoelementlarning xarakteristikasi keltirilgan. 


 
 
 
Fotoelektron ko‘paytirgichlar 
Fotoelektron ko‘paytirgich tashqi fotoeffektli elektrovakuum 
fotoelementlarning xili hisoblanadi. Fotoelektron ko‘paytirgichlar rus injeneri
L.A.Kubetskiy tomonidan 1930-yilda ixtiro qilingan. 
Fotoelektron ko‘paytirgich deb, shunday fotoeffektli fotoelementga aytiladiki, 
unda fototok kuchayishi ikkilamchi elektron emissiyadan foydalanish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi (
2.28-rasm
). Fotoelektron ko‘paytirgichlarning kamchiligi vaqt 
o‘tishi bilan sezgirligining pasayishi (qarishi) hisoblanadi, undan tashqari ularga 
katta kuchlanishli manba talab qilinadi (2300 V gacha). 

Yüklə 80,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə