Axborot texnologiyalari


 Ma’ruza. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari. Elektron



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

4. Ma’ruza. Axborotni himoyalashning kriptografik usullari. Elektron 
raqamli imzo. 
Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil 
etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan 
axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi. 
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini 
uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan. Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan 
tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o’z-o’zicha kriptografik tizim hisoblangan, 
chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi 
Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo’la oladi. 
Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda 
keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. TSezar o’z 
xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan. 
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush 
yillaridan so’ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik 
usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Bir tomondan, kompyuter tarmoqlaridan foydalanish kengaydi, jumladan, Internet 
global tarmog’i. Bu tarmoqda begona shaxslardan himoyalanishi zarur bo’lgan 
hukumat, harbiy, tijorat va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan axborotning katta hajmi 
harakatlanadi. 
Boshqa tomondan, qudratli kompyuterlar, tarmoqli va neyronli hisoblash 
texnologiyalarining paydo bo’lishi ochish mumkin emas deb hisoblangan kriptografik 
tizimlarning obro’siga putur yetkazdi. 
Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan 
shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga 
bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-
qarshi. 
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va 
tadqiq qiladi. 
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini 
o’rganadi. 
Bu kitobda asosiy e’tibor kriptografik usullarga qaratilgan. 
Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi: 
1. 
Simmetrik kriptotizimlar. 
2. 
Ochiq kalitli kriptotizimlar. 
3. 
Elektron imzo tizimlari. 
4. 
Kalitlarni boshqarish. 
Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning 
aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini 
o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli 
vositalarda saqlash. 
SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, 
bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin. 


- 21 - 
Shifrlash va deshifrlashda qatnashadigan axborot sifatida biror alifbo asosida 
yozilgan matnlar qaraladi. Bu terminlar ostida quyidagilar tushuniladi. 
Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam. 
Matn – alifbo elementlarining tartiblangan to’plami. 
Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
*
Z
33
alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi; 
*
Z
256
alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar; 
*
Binar alifbo - Z
2
={0, 1} 
*
Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar. 
SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn 
shifrmatnga almashtiriladi. 
Deshifrlash – shifrlashga teskari jarayon. Kalit asosida shifrmatn ochiq matnga 
akslantiriladi. 
Kalit – matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot. 
Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida 
mujassamlashtiradi. Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr 
kalit hisoblanadi. K kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. 
Odatda kalit alifbo harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi. 
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi. 
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu 
kalitdan foydalaniladi. 
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq 
va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq 
kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida 
amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum. 
Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish 
tizimlari jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit 
yaratish va tarqatishdir. 
Elektron raqamli imzo deb – xabar muallifi va tarkibini aniqlash maqsadida 
shifrmatnga qo’shilgan qo’shimchaga aytiladi (elektron xujjatdagi mazkur elektron 
xujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan xolda maxsus 
o’zgartirish natijasida xosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron xujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli 
imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo). 
Kriptobardoshlilik deb kalitlarni bilmasdan shifrni ochishga bardoshlilikni 
aniqlovchi shifrlash tavsifiga aytiladi. 
Kriptobardoshlilikning bir necha ko’rsatkichlari bo’lib, ular: 

barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni; 

kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt. 
Kriptografik tizim 


- 22 - 
Tk akslantirish unga mos keluvchi algoritm va k kalit qiymati bilan aniqlanadi. 
Axborotni himoyalash maqsadida samarali shifrlash kalitni yashirin saqlashga va 
shifrning kriptobardoshliligiga bog’liq. 
Deyarli tub son – tub bo’lish ehtimoli 1 ga yaqin. 
Belgi – axborotni fiksirlangan uzunlikdagi ko’rinishi 
SHA – Secure Hash Algorithm ma’lumotni xeshlash algoritmi 
vaqtinchalik shtempel - vaqtni belgilab qo’yish mexanizmi 
Diffi - Xellman algoritmi – ikki abonent o’rtasida o’zaro kalit almashinish 
algoritmi 
Autentifikatsiya – shaxsini haqqoniyligini tasdiqlash. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə