Axborot texnologiyalari


Ma’ruza. Axborot xavfsizligini tahminlashning asosiy yo’llari. Axborot



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

3.Ma’ruza. Axborot xavfsizligini tahminlashning asosiy yo’llari. Axborot 
xavfsizligining huquqiy va tashkiliy tahminoti. 
Kompyuter jinoyatchiligi statistikasi tahlil etilsa qayg’uli manzaraga ega 
bo’lamiz. Kompyuter jinoyatchiligi yetkazgan zararni narkotik moddalar va 
qurollarning noqonuniy aylanishidan olingan foydaga qiyoslash mumkin. Faqat 
AQSHda "elektron jinoyatchilar" yetkazgan har yilgi zarar qariyb 100 mld. dollarni 
tashkil etar ekan.
Yaqin kelajakda jinoiy faoliyatning bu turi daromadliligi, pul mablag’larining 
aylanishi va unda ishtirok etuvchi odamlar soni bo’yicha yaqin vaqtlargacha noqonuniy 
faoliyat orasida daromadligi bilan birinchi o’rinni egallagan noqonuniy biznesning uch 
turidan uzib ketish ehtimolligi katta. Bu noqonuniy bizneslar-narkotik moddalar, qurol 
va kam uchraydigan yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish.
Davlat va xususiy kompaniyalar faoliyatining sotsiologik tadqiqi ma’lumotlariga 
qaraganda XXI asrning birinchi yillarida iqtisodiy sohadagi jinoyatchilik bank va 
boshqa tizimlarning axborot- kommunikatsion komplekslariga bo’lishi mumkin bo’lgan 
g’arazli iqtisodiy harakatlarga qaratilgan bo’ladi.
Kredit-moliya sohasidagi kompyuter jinoyatchiligining soni muttasil o’sib 
bormoqda. Masalan onlayn magazinlarida 25%gacha qalloblik to’lov amallari qayd 
etilgan. SHunga qaramasdan G’arb davlatlarida elektron tijoratning-yuqori daromadli 
zamonaviy biznesning faol rivojlanishi ko’zga tashlanmoqda. Ma’lumki, bu soha 
rivojlanishi bilan parallel ravishda "virtual" qalloblarning ham daromadi oshadi. 
Qalloblar endi yakka holda harakat qilmaydilar, ular puxtalik bilan tayyorlangan, yaxshi 
texnik va dasturiy qurollangan jinoiy guruhlar bilan, bank xizmatchilarining o’zlari 
ishtirokida ishlaydilar.
Xavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning ko’rsatishicha bunday jinoyatchilarning 
ulushi 70%ni tashkil etadi. "Virtual" o’g’ri o’zining hamkasbi-oddiy bosqinchiga 
nisbatan ko’p topadi. Undan tashqari "virtual" jinoyatchilar uyidan chiqmasdan harakat 
qiladilar. Foydalanishning elektron vositalarini ishlatib qilingan o’g’rilik zararining 
o’rtacha ko’rsatkichi faqat AQSHda bankni qurolli bosqinchilikdan kelgan zararning 
o’rtacha statistik zararidan 6-7 marta katta.
Bank xizmati va moliya amallari sohasidagi turli xil qalloblik natijasida 
yo’qotishlar 1989 yili 800 mln. dollardan 1997 yili — 100 mlrd. dollarga yetgan. Bu 
ko’rsatkichlar o’sayapti, aslida yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan bir tartibga oshishi 
mumkin. CHunki ko’p yo’qotishlar aniqlanmaydi yoki e’lon qilinmaydi. O’ziga xos 
"indamaslik siyosati"ni tizim ma’murlarining o’zining tarmog’idan ruxsatsiz 
foydalanganlik tafsilotini, bu noxush xodisaning takrorlanishidan qo’rqib va o’zining 
himoya usulini oshkor etmaslik vajida muhokama etishni xoxlamasliklari bilan 
tushunish mumkin.
Kompyuter ishlatiladigan inson faoliyatining boshqa sohalarida ham vaziyat 
yaxshi emas. Yildan-yilga xuquqni muhofaza qiluvchi organlariga kompyuter 
jinoyatchiligi xususidagi murojaatlar oshib bormoqda.
Barcha mutaxassislar viruslarning tarqalishi bilan bir qatorda tashqi xujumlarning 
keskin oshganligini e’tirof etmoqdalar. Ko’rinib turibdiki, kompyuter jinoyatchiligi 


- 16 - 
natijasida zarar qat’iy ortmoqda. Ammo kompyuter jinoyatchiligi ko’pincha "virtual" 
qalloblar tomonidan amalga oshiriladi deyish haqiqatga to’g’ri kelmaydi. Hozircha 
kompyuter tarmoqlariga suqilib kirish xavfi har biri o’zining usuliga ega bo’lgan 
xakerlar, krakerlar va kompyuter qaroqchilari tomonidan kelmoqda.
Xakerlar
, boshqa kompyuter qaroqchilaridan farqli holda, ba’zida, oldindan, 
maqtanish maqsadida kompyuter egalariga ularning tizimiga ki-rish niyatlari borligini 
bildirib qo’yadilar. Muvaffaqiyatlari xususida Internet saytlarida xabar beradilar. Bunda 
xaker musobaqalashuv niyatida kirgan kompyuterlariga zarar yetkazmaydi.
Krakerlar
(cracker) — elektron "o’g’rilar" manfaat maqsadida dasturlarni 
buzishga ixtisoslashganlar. Buning uchun ular Internet tarmog’i bo’yicha tarqatiluvchi 
buzishning tayyor dasturlaridan foydalanadilar.
Kompyuter qaroqchilari
— raqobat qiluvchi firmalar va xatto ajnabiy maxsus 
xizmatlari buyurtmasi bo’yicha axborotni o’g’irlovchi firma va kompaniyalarning 
yuqori malakali mutaxassislari. Undan tashqari ular begona bank schetidan pul 
mablag’larini o’g’irlash bilan ham shug’ullanadilar.
Ba’zi "mutaxassislar" jiddiy guruh tashkil qiladilar, chunki bunday kriminal 
biznes o’ta daromadlidir. Bu esa tez orada, "virtual" jinoyatning zarari jinoyat 
biznesining an’anaviy xilidagi zarardan bir tartibga (agar ko’p bo’lmasa) oshishiga 
sabab bo’ladi. Hozircha bunday tahdidni betaraflashtirishning samarali usullari mavjud 
emas.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə