Axborot texnologiyalari


Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

 
Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar 
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang’ich bosqichida viruslar va kompyuter 
xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u davrda dunyo 
iqtisodining axborot texnologiyalariga bog’liqligi katta emas edi. Hozirda, xujumlar 
sonining doimo o’sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning 
elektron vositalariga bog’liqligi sharoitida mashina vaqtining yo’qolishiga olib keluvchi 
hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi.
Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida dunyo 
miqyosidagi yo’qotishlar 2002 yildagi barcha yo’qotishlar yig’indisining 50%ini tashkil 
etgan, yoki bo’lmasa 2006 yilning o’zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq 
kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.
Korporativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda 
ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg’on axborotning 
muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi: 
-
kompyuterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot hajmining 
oshishi;
-
ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo’lgan 
axborotlarning to’planishi;
-
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash tarmoq resurlaridan 
foydalanuvchilar doirasining kengayishi;
-
masofadagi ishchi joylar soninig oshishi;
-
foydalanuvchilarni bog’lash uchun Internet global tarmog’ini va aloqaning turli 
kanallarini keng ishlatish;
-
foydaluvchilar 
kompyuterlari 
o’rtasida 
axborot 
almashinuvining 
avtomatlashtirilishi. 
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo’qotilishi 
xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi. 
Oldindan shuni aytish mumkinki, so’z barcha axborot xususida emas, balki uning faqat, 
mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatiga ega bo’lgan qismi xususida ketyapti. 
Zamonaviy korporativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng tarqalgan 
tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid manbalari 
korporativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning tashqarisida (tashqi manba) 
bo’lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta tahdid uchun (masalan, 
o’g’irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat usullari turlicha bo’ladi. Bo’lishi 


- 10 - 
mumkin bo’lgan tahdidlarni hamda korporativ axborot tizimining zaif joylarini bilish 
xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi. 
Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o’lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga 
foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va korporativ axborot tizimlariga 
xizmat ko’rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari kiradi. Ba’zida 
bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi xatoliklar sabab bo’lgan 
tizimning to’xtashi yoki bo’zilishi) to’g’ridan to’g’ri zararga olib keladi. Ba’zida ular 
niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin bo’lgan nozik joylarni paydo bo’lishiga 
sabab bo’ladi. Global axborot tarmog’ida ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb 
qiladi. Bunda zarar manbai tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi 
ham bo’lishi mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli. 
Zarar o’lchami bo’yicha ikkinchi o’rinni o’g’irlashlar va soxtalashtirishlar 
egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash 
choralari bilan a’lo darajada tanish bo’lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor bo’lib 
chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog’langan quvvatli axborot kanalining mavjudligida, 
uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo’qligi bunday faoliyatga qo’shimcha imkon 
yaratadi. 
Xafa bo’lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va juda 
samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo’shaganida uning axborot 
resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishi nazoratga olinishi shart. 
Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan 
urinishlar bo’lishi mumkin bo’lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu 
kattalik anchagina bo’lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi ko’rsatadiki, qariyb 
har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga duchor bo’lar 
ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida tashkilot korporativ yoki lokal tarmog’i 
kompyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki bo’lmaganida axborot xavfsizligi 
buzilishi faktlarini qayd etish uchun yetarlicha himoyalanmaganligini hisobga olish 
zarur. Masalan, axborot tizimlarini himoyalash Agentligining (AQSH) testlari 
ko’rsatadiki, 88% kompyuterlar axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nozik joylarga 
egaki, ular ruxsatsiz foydalanish uchun faol ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot 
tuzilmasidan sasofadan foydalanish xollari alohida ko’rilishi lozim. 
Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda kompyuter muhiti duchor 
bo’ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko’rilishi zarur. Ravshanki
himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko’rish uchun tashkilotning sarf-
harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash bo’yicha hech qanday choralar 
ko’rilmaganida kutiladigan yo’qotishlardan oshib ketmasligi shart. 
Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga duchor 
bo’ladi: 
1. Ma’lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi.
2. Servisning to’xtatilishi. 
Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq odamlarning 
bostirib kirishidan to kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin.
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi. 1.1-rasmda 
korporativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo’yicha statistik 
ma’lumotlarni tasvirlovchi aylanma diagramma keltirilgan. 


- 11 - 
1.1.-rasmda keltirilgan statistik ma’lumotlar tashkilot ma’muriyatiga va 
xodimlariga korporativ tarmoq va tizimi xavfsizligiga tahdidlarni samarali kamaytirish 
uchun xarakatlarni qaerga yo’naltirishlari zarurligini aytib berishi mumkin. Albatta, 
fizik xavfsizlik muammolari bilan shug’ullanish va inson xatoliklarining xavfsizlikka 
salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha choralar ko’rilishi zarur. Shu bilan bir qatorda 
korporativ tarmoq va tizimga ham tashqaridan, ham ichkaridan bo’ladigan xujumlarni 
oldini olish bo’yicha tarmoq xavfsizligi masalasini yechishga jiddiy e’tiborni qaratish 
zarur. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə