Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

Mudofaa xavfsizligi.
Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo’lib, 
mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari 
hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda 
ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini 
qo’llash ehtimoli katta. 
Ijtimoiy xavfsizlik. 
Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining 
milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga 
«yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.


- 7 - 
Ekologik xavfsizlik. 
Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. 
«Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat 
milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish 
mumkin. 
Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o’zining hayotiy davriga ega 
bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo’lmaganda yo’qotishdan 
iboratdir (2-rasm ).
 
Axborotlar xayotiy davrining xar bir bosqichida ularning himoyalanganlik 
darajasi turlicha baholanadi. 
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng muxim 
vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki 
huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va 
boshha moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo’lgan turli kirishlar va 
o’g’irlashlardan himoyalashdir. 
 
2-rasm 
Axborot xavfsizligi 
deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan 
tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda 
axborotning himoyalanganligiga aytiladi. 
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash 
yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari 
to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat 
so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga 
intilish ham rivojlandi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə