Axborot texnologiyalari


 Ma’ruza. Kirish. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

1. Ma’ruza. Kirish. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash 
muammolari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va 
zaifliklar 
 
Reja: 
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari 
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar 
 
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun xam 
qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo’llanilgan. Ulardan biri – sirli 
yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o’qiy
 
olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, 
davlatning elchixona rezidentsiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. 
Faqat bir necha o’n yil oldin hamma narsa tubdan o’zgardi, ya’ni axborot o’z qiymatiga 
ega bo’ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar
saqlaydilar, uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o’g’irlaydilar, 
buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, axborotni himoyalash 
zaruriyati tug’iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo’lishi axborotni 
himoyalash sanoatining paydo bo’lishiga olib keladi.

Xavfsizlikning asosiy yo’nalishlari 
Axborot xavfsizligi.
Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning 
strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat 
infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda turli xildagi axborot 
tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli 
jabhalarida keng qo’llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni 
boshqarish va x.k.) 
Iqtisodiy xavfsizlik.
Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash 
va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi. 
«Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat 
qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga 
xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va 
uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy 
iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə