Axborot texnologiyalari


Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi 
O’zbekistonning axborotni shifrlash standarti
. Ushbu "Ma’lumotlarni shifrlash 
algoritmi" standarti O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va 
marketing tadqiqotlari markazi tomonidan ishlab chiqilgan va unda O’zbekiston 
Respublikasining "Elektron raqamli imzo xususida"gi va "Elektron xujjat almashinuvi 
xususida"gi qonunlarining me’yorlari amalga oshirilgan. 
Ushbu standart — kriptografik algoritm, elektron ma’lumotlarni himoyalashga 
mo’ljallangan. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi simmetrik blokli shifr bo’lib, 
axborotni shifrlash va rasshifrovka qilish uchun ishlatiladi. Algoritm 128 yoki 256 bit 
uzunligidagi ma’lumotlarni shifrlashda va rasshifrovka qilishda 128, 256, 512 bitli 
kalitlardan foydalanishi mumkin. 
Rossiyaning axborotni shifrlash standarti.
Rosssiya Federatsiyasida hisoblash 
mashinalari, komplekslari va tarmoqlarida axborotni kriptografik o’zgartirish 
algoritmlariga davlat standarti (GOST 2814-89) joriy etilgan. Bu algoritmlar maxfiylik 


- 26 - 
darajasi ixtiyoriy bo’lgan axborotni hech qanday cheklovsiz shifrlash imkonini beradi. 
Algoritmlar apparat va dasturiy usullarida amalga oshirilishi mumkin.
 
Standartda axborotni kriptografik o’zgartirishning quyidagi algoritmlari mavjud:
-
oddiy almashtirish;
-
gammalash;
-
teskari bog’lanishli gammalash;
-
imitovstavka. 
AQSHning axborotni shifrlash standarti
. AQSHda davlat standarti sifatida 
DES(Data Encryption Standart) standarti ishlatilgan. Bu standart asosini tashkil etuvchi 
shifrlash algoritmi IBM firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, AQSH Milliy 
Xavfsizlik Agentligining mutaxasislari tomonidan tekshirilgandan so’ng davlat standarti 
maqomini olgan. DES standartidan nafaqat federal departamentlar, balki nodavlat 
tashkilotlar, nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda foydalanib kelingan. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə