Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

Xeshlash funktsiyasi 
Xeshlash funktsiyasi (xesh-funktsiyasi) shunday o’zgartirishki, kirish yo’liga 
uzunligi o’zgaruvchan xabar M berilganida chišish yo’lida belgilangan uzunlikdagi 
šator h(M) ќosil bo’ladi. Boshšacha aytganda, xesh-funktsiya h(.) argument sifatida 
uzunligi ixtiyoriy xabar (xujjat) M ni šabul šiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh-
šiymat (xesh) H=h(M)ni šaytaradi. 
Xeshlash funktsiyasi šuyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: 
 
1.
Xesh-funktsiya ixtiyoriy o’lchamli argumentga šo’llanishi mumkin.
2.
Xesh-funktsiya chišish yo’lining šiymati belgilangan o’lchamga ega.
3.
Xesh-funktsiya h(x) ni ixtiyoriy "x" uchun yetarlicha oson ќisoblanadi. Xesh-
funktsiyani ќisoblash tezligi shunday bo’lishi kerakki, xesh-funktsiya 
ishlatilganida elektron rašamli imzoni tuzish va tekshirish tezligi xabarning 
o’zidan foydalanilganiga šaraganda anchagina katta bo’lsin.
4.
Xesh-funktsiya matn M dagi orasiga šo’yishlar (vstavki), chišarib tashlashlar 
(vыbrosы), joyini o’zgartirishlar va ќ. kabi o’zgarishlarga sezgir bo’lishi lozim. 
 
5.
Xesh-funktsiya šaytarilmaslik xususiyatiga ega bo’lishi lozim.

6.
Ikkita turli xujjatlar (ularning uzunligiga boђliš bo’lmagan ќolda) xesh-


funktsiyalari šiymatlarining mos kelishi eќtimolligi juda kichkina bo’lishi shart, 
ya’ni ќisoblash nuštai nazaridan h(x')=h(x) bo’ladigan x'≠ xni topish mumkin 
emas. 
 
Elektron raqamli imzo va uning zamonaviy turlari 
 
Elektron xujjatlarni tarmoq orqali almashishda ularni ishlash va saqlash 
xarajatlari kamayadi, qidirish tezlashadi.Ammo, elektron xujjat muallifini va xujjatning 
o’zini autentifikatsiyalash, ya’ni muallifning xaqiqiyligini va olingan elektron xujjatda 
o’zgarishlarning yo’qligini aniqlash muammosi paydo bo’ladi. 
Elektron xujjatlarni auentifikatsiyalashdan maqsad ularni mumkin bo’lgan 
jinoyatkorona xarakatlardan himoyalashdir. Bunday xarakatlarga quyidagilar kiradi: 
-
faol ushlab qolish - tarmoqqa ulangan buzg’unchi xujjatlarni (fayllarni) ushlab 
qoladi va o’zgartiradi.
-
Maskarad-abonent S xujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi;
-
renegatlik-abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada, yubormaganman 
deydi;
-
almashtirish-abonent V xujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakillantiradiva 
uni abonent A dan olganman deydi;


- 28 - 
-
takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan xujjatni abonent S takrorlaydi.
Jinoyatkorona xarakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot 
texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat tuzilmalariga, davlat korxona va 
tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha- muncha zarar yetkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining 
xaqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi. 
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi matnlarni 
autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo’yicha oddiy qo’lyozma 
imzoga o’xshash bo’lib, quyidagi afzalliklarga ega: 
- imzo chekilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;
- bu shaxsga imzo chekilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish 
imkoniyatini bermaydi;
- imzo chekilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi. 
Elektron raqamli imzo-imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi qo’shimcha 
raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir.
Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar 
tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu 
elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlashga 
imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik algoritmlari va xesh-
funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi. 
Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanishida bir- biriga imzo chekilgan 
elektron xujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi. Har bir 
abonent uchun juft - mahfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Mahfiy kalit abonentda 
sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda foydalanadi. 
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo 
chekilgan elektron xujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda 
foydalanadi. 
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
-raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;
-raqamli imzoni tekshirish muolajasi.
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar jo’natuvchisining maxfiy kaliti ishlatilsa, 
imzoni tekshirish muolajasida jo’natuvchining ochiq kalitidan foydalaniladi. 
Elektron raqamli imzo tizimining printsipial jihati— foydalanuvchining elektron 
raqamli 
imzosini 
uning 
imzo 
chekishdagi 
maxfiy 
kalitini 
bilmasdan 
qalbakilashtirishning mumkin emasligidir. SHuning uchun imzo chekishdagi maxfiy 
kalitni ruxsatsiz foydalanishdan ximoyalash zarur. Elektron raqamli imzoning maxfiy 
kalitini, simmetrik shifrlash kalitiga o’xshab, shaxsiy kalit elituvchisida, himoyalangan
holda saqlash tavfsiya etiladi.


- 29 - 
Imzo chekiluvchi faylga joylashtiriluvchi elektron raqamli imzo imzo chekilgan 
xujjat muallifini identifikatsiyalovchi qo’shimcha axborot-ga ega. Bu axborot xujjatga 
elektron raqamli imzo hisoblanmasidan oldin qo’shiladi. Har bir imzo quyidagi 
axborotni o’z ichiga oladi: 
- imzo chekilgan sana;
- ushbu imzo kaliti ta’sirining tugashi muddati;
- faylga imzo chekuvchi shaxs xususidagi axborot (F.I.SH., mansabi, ish joyi);
- imzo chekuvchining indentifikatori (ochiq kalit nomi);
- raqamli imzoning o’zi. 
Elektron raqamli imzoning qator algoritmlari ishlab chiqilgan. 1977 yilda AQSH 
da yaratilgan RSA tizimi birinchi va dunyoda mashhur elektron raqamli imzo tizimi 
hisoblanadi va yuqorida keltirilgan printsiplarni amalga oshiradi. Ammo raqamli imzo 
algoritmi RSA jiddiy kamchilikka ega. U niyati buzuq odamga maxfiy kalitni 
bilmasdan, xesh-lash natijasini imzo chekib bo’lingan xujjatlarning xeshlash
natijalarini ko’paytirish orkali hisoblash mumkin bo’lgan xujjatlar imzosini 
shakllantirishga imkon beradi.
Ishonchliligining yuqoriligi va shaxsiy kompyuterlarda amalga oshirilishining 
qulayligi bilan ajralib turuvchi raqamli imzo algoritmli 1984 yilda El Gamal tomonidan 
ishlab chiqildi. El Gamalning raqamli imzo algoritmi (EGSA) RSA raqamli imzo 
algoritmidagi kamchiliklardan holi bo’lib, AQSH ning standartlar va texnologiyalarning 
Milliy universiteti tomonidan raqamli imzoning milliy standartiga asos kabi qabul 
qilindi. 


- 30 - 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə