Axborot texnologiyalari


Kriptografik kalitlarni boshqarish



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

 
Kriptografik kalitlarni boshqarish 
Har qanday kriptografik tizim krpitografik kalitlardan foydalanishga asoslangan. 
Kalit axboroti deganda axborot tarmoqlari va tizimlarida ishlatiluvchi barcha kalitlar 
majmui tushuniladi. Agar kalit axborotlarining yetarlicha ishonchli boshqarilishi 
ta’minlanmasa, niyati buzuq odam unga ega bo’lib olib tarmoq va tizimdagi barcha 
axborotdan hohlaganicha foydalanishi mumkin. Kalitlarni boshqarish kalitlarni 
generatsiyalash, saqlash va taqsimlash kabi vazifalarni bajaradi. Kalitlarni taqsimlash 
kalitlarni boshqarish jarayonidagi eng ma’suliyatli jarayon hisoblanadi. 
Simmetrik kriptotizimdan foydalanilganda axborot almashinuvida ishtirok 
etuvchi ikkala tomon avval maxfiy sessiya kaliti, ya’ni almashinuv jarayonida 
uzatiladigan barcha xabarlarni shifrlash kaliti bo’yicha kelishishlari lozim. Bu kalitni 
boshqa barcha bilmasligi va uni vaqti-vaqti bilan jo’natuvchi va qabul qiluvchida bir 
vaqtda almashtirib turish lozim. Sessiya kaliti bo’yicha kelishish jarayonini kalitlarni 
almashtirish yoki taqsimlash deb ham yuritiladi. 
Asimmetrik kriptotizimda ikkita kalit-ochiq va yopiq (maxfiy) kalit ishlatiladi. 
Ochiq kalitni oshkor etish mumkin, yopiq kalitni yashi-rish lozim. Xabar almashinuvida 
faqat ochiq kalitni uning haqiqiyligini ta’minlagan holda jo’natish lozim. 
Kalitlarni taqsimlashga quyidagi talablar qo’yiladi:
• taqsimlashning operativligi va aniqligi;
• taqsimlanuvchi kalitlarning konfidentsialligi va yaxlitligi. 
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchilar o’rtasida kalitlarni taqsimlashning 
quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi.
1. Kalitlarni taqsimlovchi bitta yoki bir nechta markazlardan foydalanish.
2. Tarmoq foydalanuvchilari o’rtasida kalitlarni to’g’ridan-to’g’ri almashish. 
Birinchi usulning muammosi shundaki, kalitlarni taqsimlash markaziga kimga, 
qaysi kalitlar taqsimlanganligi ma’lum. Bu esa tarmoq bo’yicha uzatilayotgan barcha 
xabarlarni o’qishga imkon beradi. Bo’lishi mumkin bo’lgan suiiste’mollar tarmoq 
xavfsizligining jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin. 


- 27 - 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə