Axborot texnologiyalari


Virusga qarshi dasturlarning xillari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

Virusga qarshi dasturlarning xillari.
Virusga qarshi dasturlarning quyidagi 
xillari farqlanadi:
- dastur-faglar (virusga qarshi skanerlar);
- dastur-taftishchilar (CRC-skanerlar);
- dastur-blokirovka qiluvchilar;
- dastur-immunizatorlar. 
Dr.Web — Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 
9x/NT/2000/XP/7/8 uchun mo’ljallangan bo’lib, faylli, yuklama, va fayl-yuklama 
viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi. 
AVP (Antivirus Kasperskogo Personal) — Rossiyaning virusga qarshi paketi. 
Eset Nod32 Antivirus 
Symantec Antivirus — Symantec kompaniyasining korporativ 
foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti to’plami. 


- 38 - 
7. Ma’ruza. Axborot-kommunikatsion tizimlarda suqilib kirishlarni 
aniqlash. Mahlumotlarni uzatish tarmog’ida axborotni himoyalash. 
 
 
Himoyalanishni taxlillash vositalari zaifliklarni topib va o’z vaqtida yo’q qilib 
xujumni amalga oshirish imkoniyatini bartaraf qiladi. Natijada, himoyalash vositalarini 
ishlatilishiga bo’ladigan barcha sarf-harajatlar kamayadi. 
Himoyalanishni taxlillash vositalari tarmoq sathida, operatsion tizim sathida va 
ilovalar sathida ishlashi mumkin. Ular tekshirishlar sonini bora-bora ko’paytirish, 
axborot tizimiga "ichkarilab borish" va uning barcha sathlarini tadqiqlash orqali 
zaifliklarni qidirishi mumkin. 
Tarmoq protokollari va servislari himoyalanishini tahlillash vositalari. Har 
qanday tarmoqda abonentlarning o’zaro aloqasi ikkita va undan ko’p uzellar orasida 
axborot almashinish muolajalarini belgilovchi tarmoq protokollari va servislaridan 
foydalanishga asoslangan. Tarmoq protokollari va servislarini ishlab chiqishda ularga 
ishlanuvchi axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha talablar (odatda shubxasiz yetarli 
bo’lmagan) qo’yilgan. SHu sababli, tarmoq protokollarida aniqlangan zaifliklar 
xususida axborotlar paydo bo’lmoqda. Natijada, korporativ tarmoqda foydalanadigan 
barcha protokol va servislarni doimo tekshirish zaruriyati tug’iladi.

Himoyalanishni taxlillash tizimi zaifliklarni aniqlash bo’yicha testlar seriyasini 


bajaradi. Bu testlar niyati buzuq odamlarning korporativ tarmoqlarga xujumlarida 
qo’llaniladiganiga o’xshash.
Zaifliklarni aniqlash maqsadida skanerlash tekshiruvchi tizim xususidagi 
dastlabki axborotni, xususan, ruxsat etilgan protokollar va ochiq portlar, operatsion 
tizimnnig ishlatiluvchi versiyalari va h. xususidagi axborotni olish bilan boshlanadi. 
Skanerlash keng tarqalgan xujumlar, masalan, to’liq saralash usuli bo’yicha parollarni 
tanlashdan foydalanib, suqilib kirishni imitatsiyalashga urinish bilan tugaydi.
Himoyalanishni taxlillash vositalari yordamida tarmoq sathida nafaqat 
Internetning korporativ tarmoqdan ruxsatsiz foydalanishi imkoniyatini testlash, balki 
tashkilot ichki tarmog’ida tekshirishni amalga oshirish mumkin. Tarmoq sathida 
himoyalanishni taxlillash tizimi tashkilot xavfsizlik darajasini baholashga hamda 
tarmoq dasturiy va apparat ta’minotini sozlash samaradorligini nazoratlashga xizmat 
qiladi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə