Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

 
Xujumlarni aniqlash
Tarmoq axborotini taxlillash usullari.
Mohiyati bo’yicha, xujumlarni aniqlash 
jarayoni korporativ tarmoqda bo’layotgan shubhali harakatlarni baholash jarayonidir. 
Boshqacha aytganda xujumlarni aniqlash- hisoblash yoki tarmoq resurslariga 
yo’naltirilgan shubhali harakatlarni identifikatsiyalash va ularga reaktsiya ko’rsatish 
jarayoni. Hozirda xujumlarni aniqlash tizimida quyidagi usullar ishlatiladi:
-
statistik usul;
-
ekspert tizimlari;


- 39 - 
-
neyron tarmoqlari.
Statistik usul.
Statistik yondashishning asosiy afzalligi allaqachon ishlab 
chiqilgan va o’zini tanitgan matematik statistika apparatini ishlatish va sub’ekt 
xarakteriga moslash.
Avval tahlillanuvchi tizimning barcha sub’ektlari uchun profillar aniqlanadi. 
Ishlatiladigan profillarning etalondan har qanday chetlanishi ruxsat etilmagan 
foydalanish hisoblanadi. Statistik usullar universal hisoblanadi, chunki mumkin bo’lgan 
xujumlarni va ular foydalanadigan zaifliklarni bilish talab etilmaydi. Ammo bu 
usullardan foydalanishda bir qancha muammolar paydo bo’ladi:
1.
Statistik tizimlar xodisalar kelishi tartibiga sezuvchanmaslar; ba’zi xollarda 
bir xodisaning o’zi, kelishi tartibiga ko’ra anomal yoki normal faoliyatni 
xarakterlashi mumkin. 
2.
Anomal faoliyatni adekvat identifikatsiyalash maqsadida xujumlarni 
aniqlash tizimi tomonidan kuzatiluvchi xarakteristikalar uchun chegaraviy 
(bo’sag’aviy) qiymatlarni berish juda qiyin. 
3.
Statistik usullar vaqt o’tishi bilan buzg’unchilar tomonidan shunday 
"o’rnatilishi" mumkinki, xujum harakatlari normal kabi qabul qilinadi.
Ekspert tizimlari.
Ekspert tizimi odam-ekspert bilimlarini qamrab oluvchi 
qoidalar to’plamidan tashkil topgan. Ekspert tizimidan foydalanish xujumlarni 
aniqlashning keng tarqalgan usuli bo’lib, xujumlar xususidagi axborot qoidalar 
ko’rinishida ifodalanadi. Bu qoidalar harakatlar ketma-ketligi yoki signaturalar 
ko’rinishida yozilishi mumkin. Bu qoidalarning har birining bajarilishida ruxsatsiz 
faoliyat mavjudligi xususida qaror qabul qilinadi. Bunday yondashishning muhim 
afzalligi - yolg’on trevoganing umuman bo’lmasligi. 
Ekspert tizimining ma’lumotlari bazasida hozirda ma’lum bo’lgan aksariyat 
xujumlar stsenariyasi bo’lishi lozim. Ekspert tizimlari, dol-zarblikni saqlash maqsadida, 
ma’lumotlar bazasini muttasil yangilashni talab etadi. Garchi ekspert tizimlari qaydlash 
jurnallaridagi ma’lumotlarni ko’zdan kechirishga yaxshi imkoniyatni tavsiya qilsada
so’ralgan yangilanish e’tiborsiz qoldirilishi yoki ma’mur tomonidan qo’lda amalga 
oshirilishi mumkin. Bu eng kamida, ekspert tizimi imkoniyatlarining bo’shashiga olib 
keladi.
Ekspert tizimlarining kamchiliklari ichida eng asosiysi - noma’lum xujumlarni 
akslantira olmasligi. Bunda oldindan ma’lum xujumning xatto ozgina o’zgarishi 
xujumlarni aniqlash tizimining ishlashiga jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə