Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
axborot xavfsizligi (1)

VPN-mijoz
odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat 
kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server 
yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va 
autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi. 


- 41 - 
VPN-server
server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki 
dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz 
foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-
mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan 
himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning 
server platformalari uchun funktsional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar 
bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. 
VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin. 
VPN xavfsizlik shlyuzi
. (Security gateway) ikkita tarmoqqa ulanuvchi tarmoq 
qurilmasi bo’lib, o’zidan keyin joylashgan ko’p sonli xostlar uchun shifrlash va 
autentifikatsiyalash 
vazifalarini 
bajaradi. 
VPN 
xavfsizligi 
shlyuzi 
shunday 
joylashtiriladiki, ichki korporativ tarmoqqa atalgan barcha trafik u orqali o’tadi. VPN 
xavfsizligi shlyuzining adresi kiruvchi tunnellanuvchi paketning tashqi adresi sifatida 
ko’rsatiladi, paketning ichki adresi esa shlyuz orqasidagi muayyan xost adresi 
hisoblanadi. VPN xavfsizligi shlyuzi alohida dasturiy yechim, alohida apparat 
qurilmasi, hamda VPN vazifalari bilan to’ldirilgan marshrutizatorlar yoki tarmoqlararo 
ekran ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin. 
Axborot uzatishning ochiq tashqi muhiti ma’lumot uzatishning tezkor kanallarini 
(Internet muhiti) va aloqaning sekin ishlaydigan umumfoydalanuvchi kanallarini 
(masalan, telefon tarmog’i kanallarini) o’z ichiga oladi. Virtual xususiy tarmoq 
VPNning samaradorligi aloqaning ochiq kanallari bo’yicha aylanuvchi axborotning 
himoyalanish darajasiga bog’liq. Ochiq tarmoq orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatish 
uchun inkapsulyatsiyalash va tunnellash keng ishlatiladi. Tunnellash usuli bo’yicha 
ma’lumotlar paketi umumfoydalanuvchi tarmoq orqali xuddi oddiy ikki nuqtali ulanish 
bo’yicha uzatilganidek uzatiladi. Har bir "jo’natuvchi-qabul qiluvchi" juftligi orasiga bir 
protokol ma’lumotlarini boshqasining paketiga inkapsulyatsiyalashga imkon beruvchi 
o’ziga xos tunnel-mantiqiy ulanish o’rnatiladi. 
Tunnellashga binoan, uzatiluvchi ma’lumotlar portsiyasi xizmatchi hoshiyalar 
bilan birga yangi "konvert"ga "joylash" amalga oshiriladi. Bunda pastroq sath protokoli 
paketi yuqoriroq yoki xudi shunday sath protokoli paketi ma’lumotlari maydoniga 
joylashtiriladi. Ta’kidlash lozimki, tunnelashning o’zi ma’lumotlarni ruxsatsiz 
foydalanishdan yoki buzishdan himoyalamaydi, ammo tunnellash tufayli 
inkapsulyatsiyalanuvchi dastlabki paketlarni to’la kriptografik himoyalash imkoniyati 
paydo bo’ladi. Uzatiluvchi ma’lumotlar konfidentsialligini ta’minlash maqsadida 
jo’natuvchi dastlabki paketlarni shifrlaydi, ularni, yangi IP- sarlavha bilan tashqi 
paketga joylaydi va tranzit tarmoq bo’yicha jo’natadi 


- 42 - 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə