Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
axborot xavfsizligi (1)

Simsiz tarmoq tuzilmasi
. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan 
komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot xavo muhiti (medium) 
orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim. 


- 44 - 
Foydalanuvchilar.
Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, 
foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. 
Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi 
tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, 
foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani ta’minlash bilan bir qatorda, muayyan 
ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer 
device) bilan ish ko’radi. 
Mobillik
- simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik 
xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi yordamida 
elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz 
tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta’minlashi lozim. 
 
Kompyuter qurilmalari. 
Kompyuter qurilmalarining (ba’zida ularni mijozlar 
deb atashadi) ko’pgina xillari simsiz tarmoq bilan ishlayoladi. Ba’zi kompyuter 
qurilmalari foydalanuvchilar uchun atayin qurilgan bo’lsa, boshqalari oxirgi tizim 
hisoblanadi.
Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari 
Simsiz qurilmalarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin: noutbuklar, cho’ntak 
kompyuterlari (PDA), simsiz infratuzilma (ko’priklar, foydalanish nuqtalari va h.) va 
uyali telefonlar. 
Noutbuklar — korporativ simsiz tarmoqlarda va SOHO (Small Office Home 
Office - kichik va uy ofislari) tarmoqlarida keng tarqalgan qurilma. 


- 45 - 
Fizik xavfsizlik noutbuklar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Bunday 
kompyuterlarni xarid qilishdagi parametrlardan biri-uning o’lchami. Noutbuk qanchalik 
kichkina bo’lsa, u shunchalik qimmat turadi. Boshqa tarafdan, noutbuk qanchalik 
kichkina bo’lsa, uni o’g’irlash shunchalik osonlashadi. SHifrlash kalitlarining, masalan, 
WEP-kalitlar (Wired Equivalent Privacy), dasturiy kalitlar, parollar yoki shaxsiy 
kalitlarning (PGP, Pretty Good Privace kabilar) yo’qotilishi katta muammo hisoblanadi 
va uni ilovalar yaratilishi bosqichidayoq hisobga olish zarur. Niyati buzuq odam 
noutbukni o’z ixtiyoriga olganidan so’ng aksariyat xavfsizlik mexanizmlari buzilishi 
mumkin. 
Noutbuklarning 
mobilliligi 
ularning 
korporativ 
tarmoqlararo 
ekranlar 
(brandmauerlar) bilan himoyalanmagan boshqa tarmoqlar bilan ulanish ehtimolligini 
oshiradi. Bu Internet-ulanishlar, foydalanuvchi tarmoqlar, asbob-uskuna ishlab 
chiqaruvchilarining tarmog’i yoki raqiblar ham joylanuvchi mehmonxona yoki 
ko’rgazmalardagi umumfoydalanuvchi tarmoqlar bo’lishi mumkin. Bunday hollarda 
mobil kompyuterlarning axborot xavfsizligi xususida jiddiy o’ylanish lozim.
Noutbuklarning fizik saqlanishlarini ta’minlash usullaridan biri-xavfsizlik 
kabelidan foydalanish. Ushbu kabel noutbukni stolga yoki boshqa yirik predmetga 
"boylab" qo’yishga mo’ljallangan. Albatta, bu yuz foizlik kafolatni bermaydi, ammo har 
xolda o’g’rining anchagina kuch sarf qilishiga to’g’ri keladi. 
Noutbuklarning tez-tez o’g’irlanishi sababli, axborotni arxivlashning xavfsizlikni 
ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. SHifrlash dasturlari fayllar xavfsizligini 
ta’minlashda yoki qattiq disklarda shifrlangan ma’lumotlar xajmini yaratishda 
ishlatiladi. Bu ma’lumotlarni rasshifrovka qilish uchun, odatda, parolni kiritish yoki 
shaxsiy kalitlarni ishlatish talab etiladi. Barcha axborotlarni shifrlangan fayllarda yoki 
arxivlarda saqlanishi kerakli fayllar to’plamini arxiv uchun nusxalashni yengillashtiradi, 
chunki ular endi ma’lum joyda joylashgan bo’ladi. 
O’g’rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini foydalanuvchilar 
tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni 
kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga ko’p kishilar (kompaniya xodimlari, 
farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar. 
Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda 
ham sodir bo’lishi mumkin. Samolet - kompaniya menedjerlari foydalanadigan
odatdagi transport vositasidir. Samoletda qo’shni kreslodagi yo’lovchi noutbuk 
egasining yelkasi ustidan muhim axborotni o’qib olishi mumkin. Hatto "uy sharoitidagi" 
noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server 
himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan servislarning o’chirilishi qurilma 
ishlashini yaxshilaydi. 
O’zining dasturiy ta’minotini noutbukka o’rnatgan niyati buzuq odam 
xavfsizlikning barcha mexanizmlarini chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Kompyuterni o’z ixtiyoriga olgan o’g’ri unga o’zining dasturini o’rnatganida uni 
tuxtatib bo’lmaydi. BIOSda (Basic Input/Output System-kiritish/chiqarishning bazaviy 
tizimi) va qattiq diskda o’rnatilgan parollar o’g’rilangan noutbukdan foydalanishga 
to’sqinlik qilishi mumkin. Ushbu barcha vositalar, afsuski, tajribali xaker uchun to’siq 
bo’laolmaydi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə