Axborot texnologiyalari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
axborot xavfsizligi (1)

Neyron tarmoqlari.
Xujumlarni aniqlash usullarining aksariyati qoidalar yoki 
statistik yondashish asosida nazoratlanuvchi muhitni tahlillash shakllaridan foydalanadi. 
Nazoratlanuvchi muhit sifatida qaydlash jurnallari yoki tarmoq trafigi ko’rilishi 
mumkin. Bunday taxlillash ma’mur yoki xujumlarni yaniqlash tizimi tomonidan 
yaratilgan, oldindan aniqlangan qoidalar to’plamiga tayanadi. 
Xujumni vaqt bo’yicha yoki bir necha niyati buzuq odamlar o’rtasida har qanday 
bo’linishi ekspert tizimlar yordamida aniqlashga qiyinchilik tug’diradi. Xujumlar va 
ular usullarining turli-tumanligi tufayli, ekspert tizimlari qoidalarining ma’lumotlar 
bazasining 
hatto 
doimiy 
yangilanishi 
ham 
xujumlar 
diapazonini 
aniq 
identifikatsiyalashni kafolatlamaydi. 
 


- 40 - 
8. Ma’ruza. Virtual himoyalangan tarmoqlar. Simsiz aloqa tizimlarida 
axborot himoyasi. 
 
Internet ning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va 
foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay 
kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va 
boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning 
qurilishi printsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish 
imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internet-ilovalar (e-mail,
Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idora tarmoqlari suqilib kirishdan 
kafolatlanmaganlar. 
Internetning hamma yerda tarqalishidan manfaat ko’rish maqsadida tarmoq 
xujumlariga samarali qarshilik ko’rsatuvchi va biznesda ochiq tarmoqlardan faol va 
xavfsiz foydalanishga imkon beruvchi virtual xususiy tarmoq VPN yaratish ustida ishlar 
olib borildi. Natijada 1990 yilning boshida virtual xususiy tarmoq VPN kontseptsiyasi 
yaratildi. "Virtual" iborasi VPN atamasiga ikkita uzel o’rtasidagi ulanishni vaqtincha 
deb ko’rilishini ta’kidlash maqsadida kiritilgan. Haqiqatan, bu ulanish doimiy, qat’iy 
bo’lmay, faqat ochiq tarmoq bo’yicha trafik o’tganida mavjud bo’ladi. 
Virtual tarmoq VPNlarni qurish kontseptsiyasi asosida yetarlicha oddiy g’oya 
yotadi: agal global tarmoqda axborot almashinuvchi ikkita uzel bo’lsa, bu uzellar 
orasida ochiq tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning konfidentsialligini va yaxlitligini 
ta’minlovchi virtual himoyalangan tunnel qurish zarur va bu virtual tunneldan barcha 
mumkin bo’lgan tashqi faol va passiv kuzatuvchilarning foydalanishi xaddan tashqari 
qiyin bo’lishi lozim. 
SHunday qilib, VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o’tkazilgan ulanish bo’lib, u 
orqali virtual tarmoqning kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi. 
Axborotni VPN tunneli bo’yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi 
vazifalarni bajarishga asoslangan:
-
o’zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash;
-
uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash);
-
etkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish. 
Bu vazifalar bir biriga bog’liq bo’lib, ularni amalga oshirishda axborotni 
kriptografik 
himoyalash 
usullaridan 
foydalaniladi. 
Bunday 
himoyalashning 
samaradorligi simmetrik va asimmetrik kriptografik tizimlarning birgalikda ishlatilishi 
evaziga ta’minlanadi. VPN qurilmalari tomonidan shakllantiriluvchi VPN tunneli 
himoyalangan ajratilgan liniya xususiyatlariga ega bo’lib, bu himoyalangan ajratilgan 
liniyalar umumfoydalanuvchi tarmoq, masalan Internet doirasida, saflanadi. VPN 
qurilmalari virtual xususiy tarmoqlarda VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi 
shlyuzi vazifasini o’tashi mumkin. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə