Axborot texnologiyalari


Virus paydo bo’lish belgilari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix09.06.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#89221
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
axborot xavfsizligi (1)

Virus paydo bo’lish belgilari. 
Zararlangan kompyuterda eng muhimi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy 
belgilarini bilish kerak: 
1.Funktsional dasturlarni ishini to’xtatish yoki noto’g’ri ishlashi; 
2.Kompyuterni sekin ishlashi; 
3.OS ni yuklanmasligi; 
4.Fayl va kataloglarni yo’qolishi yoki ulardagi ma`lumotlarni buzilishi; 
5.Fayllar modifikatsiyasining sana va vaqtining o’zgarishi; 
6.Fayl hajmining o’zgarishi; 
7.Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko’payishi; 
8.Bo’sh operativ xotira hajmining keskin kamayishi; 
9.Kutilmagan ma`lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi
10.Kutilmagan tovushlarning paydo bo’lishi; 
11 .Kompyuterning tez-tez osilib kolishi. 
Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga ko’ra ham bo’lishi mumkinligini eslatib 
o’tamiz.
Virusga qarshi dasturlar 
Kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus 
dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo’lib, bu dasturlar kompyuter viruslarini 
aniqlash va yo’qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar deb 
yuritiladi. Umuman, barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlarning va 
yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi. 
Viruslarga qarshi dasturlar foydalanadigan viruslarni aniqlashning asosiy usullari 
quyidagilar: 
-
etalon bilan taqqoslash usuli;
-
evristik taxlil;
-
virusga qarshi monitoring;
-
o’zgarishlarni aniqlovchi usul;
-
kompyuterning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga qarshi 
vositalarni o’rnatish va h. 
Etalon bilan taqqoslash usuli
eng oddiy usul bo’lib, ma’lum viruslarni qidirishda 
niqoblardan foydalanadi. Virusning niqobi-mana shu muayyan virusga xos kodning 
qandaydir o’zgarmas ketma-ketligidir. Virusga qarshi dastur ma’lum virus niqoblarini 
qidirishda tekshiriluvchi fayllarni ketma-ket ko’rib chiqadi (skanerlaydi). 
Evristik tahlil.
Kompyuter virusi ko’payishi uchun xotirada nusxalanish, sektorga 
yozilish kabi qandaydir muayyan xarakatlarni amalga oshirishi lozim. 


- 37 - 
Virusga qarshi monitoring
. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, 
kompyuter xotirasida boshqa dasturlar tomonidan bajariluvchi shubhali harakatlarni 
monitoringlovchi virusga qarshi dastur doimo bo’ladi. Virusga qarshi monitoring barcha 
ishga tushiriluvchi dasturlarni, yaratiluvchi, ochiluvchi va saqlanuvchi xujjatlarni
Internet orqali olingan yoki disketdan yoki har qanday kompakt-diskdan nushalangan 
dastur va xujjatlarning fayllarini tekshirishga imkon beradi. Agar qandaydir dastur 
xavfli harakatni qilishga urinmoqchi bo’lsa, virusga qarshi monitor foydalanuvchiga 
xabar beradi. 
O’zgarishlarni aniqlovchi usul.
Diskni taftish qiluvchi deb ataluvchi ushbu usulni 
amalga oshirishda virusga qarshi dastur diskning xujumga duchor bo’lishi mumkin 
bo’lgan barcha sohalarini oldindan xotirlaydi, so’ngra ularni vaqti-vaqti bilan tekshiradi. 
Virus kompyuterlarni zaharlaganida qattiq disk tarkibini o’zgartiradi: masalan, dastur 
yoki xujjat fayliga o’zining kodini qo’shib qo’yadi, Autoexec.bat fayliga dastur-virusni 
chaqirishni qo’shadi, yuklama sektorni o’zgartiradi, faylyo’ldosh yaratadi. Disk sohalari 
xarakteristikalarining qiymatlari solishtirilganida virusga qarshi dastur ma’lum va 
no’malum viruslar tomonidan qilingan o’zgarishlarni aniqlashi mumkin. 
Kompyuterlarning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga qarshi 
vositalarni o’rnatish.
Kompyuterlarning tizimli platasiga viruslardan himoyalashning 
oddiy vositalari o’rnatiladi. Bu vositalar qattiq disklarning bosh yuklama yozuviga 
hamda disklar va disketlarning yuklama sektorlariga barcha murojaatlarni nazoratlashga 
imkon beradi. Agar qandaydir dastur yuklama sektorlar tarkibini o’zgartirishga urinsa, 
himoya ishga tushadi va foydalanuvchi ogohlantiriladi. Ammo bu himoya juda ham 
ishonchli emas. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə