Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/155
tarix19.12.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#153610
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155
Axborot-tizimlari

Axborot zaxiralari
– alohida hujjat va alohida hujjat to’plami, axborot tizimlari 
(kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) 
dagi hujjatlar va hujjatlar to’plami. 
Axborot 

kommunikatsion texnologiyalar – 
texnik, dasturiy, kommunikatsion 
ta’minot komponentlari hamda turli ko’rinishdagi texnik, dasturiy va 
kommunikatsion xizmatlarni o’z ichiga oluvchi ma’lumotlarga ishlov 
berishning usul va vositalari.
Geografik axborot tizimlari –
shahar va regionlarda rejalashtirish, nazorat va 
monitoring jarayonlarini ta’minlashga mo’ljallangan tizimlar. 
Dasturiy interfeys –
hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o’zaro ta’sirini 
ta’minlovchi vositalar yig’indisi. 
Dastlabki kalit (DK) - 
yozuvni ma’no jihatidan bir xillashtiruvchi bir yoki bir necha 
maydonlar. Agar dastlabki kalit bir maydondan iborat bo’lsa u oddiy 
deyiladi, agar bir necha maydonli bo’lsa - turli tarkibli kalit hisoblanadi. 


220 
Dasturiy mahsulotlar –
tijorat sotuvi, prokat, ijaraga berish, yoki dasturlar paketi 
lizingi uchun maxsus yig’ilgan va tizimli yoki mustaqil etkazib 
beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlashtirilgan mahsulotlar. 
YOzuv - 
mantiqan bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir. 
YOzuvning tuzilishi o’z tarkibiga kiruvchi har bir oddiy ma’lumotga ega 
maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan belgilanadi

Jadval - 
real olam axborotini – mohiyatini aks ettiradi, uning har bir satri (yozuvi) 
esa ob’ektning aniq bir nusxasini – nusxa mohiyatini aks ettiradi. 
Jadvalning har bir ustuni ushbu jadvalda unikal nomga ega. Jadval 
kamida bir ustunga ega bo’lishi kerak. 
Informatika
– kompyuterlar yordami va ularni qo’llash muhiti vositasida axborotni 
yangilash jarayonlari bilan bog’liq inson faoliyati sohasi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə